Viktoriya (Seyshel Orollari)




Viktoriya — Seyshel Orollari davlatining poytaxti (1976 y.dan), Mae o.da. Aholisi 30 ming kishi chamasida. Xalqaro aeroport bor. Hind okeani sohilidagi port. V. orqali chetga kopra (kokos yongʻogʻining magʻzi), dolchin va vanil chiqariladi. V. Afrika bilan Hindiston orasida qatnaydigan kemalarni yoqilgʻi bilan taʼminlaydigan baza. Oziq-ovqat, mebel, radioelektronika, tamaki sanoati, baliq mahsulotlari qayta ishlanadigan korxonalar bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Turizm’ markazi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz