Viktoriya (daryo)




Viktoriya (Victoria) — Avstraliya shim.dagi daryo. Uz 570 km, havzasi 7,5 ming km. Katta Qumli choʻldagi Kimberli platosidan boshlanib, choʻl joylardan oqib oʻtadi. Timor dengizining jan.dagi Jozef-Bonapart qoʻltigʻiga quyiladi. Vodiysi tor, darasimon. Oʻrtacha suv sarfi 200 m3/sek. May — noyabrda daryo sayozlanadi, yuqori va oʻrta oqimida, hatto qurib qoladi. Seryomgʻirli dek.— fevralda toʻlib, baʼzan toshib oqadi. Quyilish joyidan qariyb 150 km ichkarigacha kema qatnaydi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz