VIKTORIYA — Kanadadagi shahar, Vankuver orolining Janubi-sharqida. Britaniya Kolumbiyasi provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 71,2 ming kishi (1991). Tinch okean sohilidagi port. Viktoriya orqali chetga yog’och va baliq mahsulotlari chiqariladi. Kemasozlik va yog’ochni qayta ishlash sanoati va turizm rivojlangan. Universitet bor. Shaharga 1849 yilda asos solingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish