Viktor Zaysev
Viktor Leonidovich Zaysev (1966-yil 6-iyunda tug‘ilgan, Toshkent) — sovet va o‘zbek yengil atletikachisi, sportchisi, nayza uloqtirish bo‘yicha mutaxassis. 1988—1993-yillarda SSSR, MDH va O‘zbekiston yengil atletika terma jamoalari tarkibida ishtirok etgan, Sietl shahrida o‘tkazilgan hayrixohlik o‘yinlari chempioni, Yevropa chempionatining kumush va Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindori, birinchi milliy ahamiyatga ega milliy chempionatlari g‘olib va sovrindori, Barselonadagi yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. Toshkentni himoya qilgan va SSSR xalqaro toifadagi sport ustasi.
Tarjimai hol
Viktor Zaysev 1966-yil 6-iyunda O‘zbekiston SSRning Toshkent shahrida tug‘iladi.
1980-yilda yengil atletika bilan O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Shamil Muxamedovich Kapkayev qo‘l ostida shug‘ullanadi.
1986-yilda 75,20 metr natija qayd etib, sport ustasi me’yorini bajarib, SSSR kubogini qo‘lga kiritadi.
Zaysev 1988-yilgi mavsumda Tallindagi SSSR chempionatida kumush medalni egallagan bo‘lsa, Olmaotadagi musobaqalarda o‘z faoliyatida ilk marta 80 metrlik chiziqni bosib o‘tdi, nayzani 81,94 metrga uloqtiradi — bu mahorati uchun "SSSR xalqaro toifadagi sport ustasi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
1989-yilda Adlerda SSSR qishki chempionatida g‘olib chiqadi.
U 1990-yilda Adlerda o‘tkazilgan SSSR qishki chempionatida kumush medal sovrindori bo‘ldi va Kiyevdagi SSSR yozgi chempionatida g‘olib chiqadi. Viktor Sovet terma jamoasida u bir nechabor yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi: u barcha raqiblaridan o‘zib ketadi va Sietldagi yaxshi niyat o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritadi, Splitdagi Yevropa chempionatida kumush medal sohibi va bunda faqat britaniyalik Stiv Bakliga imkoniyatniboy beradi.
Zaysev 1991-yilda Adlerdagi SSSR qishki chempionatida va Frankfurtdagi Yevropa kubogida ikkinchi o‘rinni egalladi — ikkinchi marta u erkaklar o‘rtasidagi umumjamoa hisobida ham g‘olib chiqdi. U Tokiodagi jahon chempionatidagi ishtiroki bilan e’tirof etildi.
1992-yilda Moskvada o‘tkazilgan MDH chempionatida 87,20 metrlik shaxsiy rekordi bilan g‘olib bo‘ladi (bugungi kunda bu natija O‘zbekistonning milliy rekordi hisoblanadi), shu tariqa sobiq ittifoq respublikalari sportchilari bilan Barselonadagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun va saralangan bosqichdan o‘tib, Birlashgan terma jamoaga safiga qo‘shiladi. Ammo o‘yinlarda u 79,12 metrga nayza uloqtirib, finalga chiqa olmadi .
Sovet Ittifoqi parchalangach, Zaysev O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etadi. Xullas, 1993-yili Shtutgartda o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilvdi.
1994-yilda Xirosimadagi Osiyo o‘yinlariga tashrif buyurdi, u yerdan bronza medalini olib qaytadi va Sankt-Peterburgdagi yaxshi niyat o‘yinlarida ishtirok etib, oltinchi bo‘ladi.
1995-yilda Jakartada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritadi, Gyoteborgdagi jahon chempionatida o‘z chiqishini namoyish etadi .
1997-yilda sport faoliyatini yakunlash arafasida spirtli ichimliklar va qonun bilan bog‘liq muammolari tufayli u Usole-Sibirskdagi doimiy yashash joyiga ko‘chib o‘tadi.
Uning o‘g‘li Ivan Zaysev ham taniqli nayza uloqtiruvchi, Osiyo chempioni, London Olimpiadasi ishtirokchisi sanaladi .
Manbalar
uz.wikipedia.org