Viktor Ufimsev




Viktor Ivanovich Ufimsev (1899.21.11, Janubiy Uraldagi Shadrinsk sh. yaqinida — 1964.31.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1944). Omskdagi rassomlik kursida oʻqigan (1917—19). 1933-yildan Oʻzbekistonda. Hamza teatrida bosh rassom (1933—36), Oʻzbekiston rassomlar uyushmasining raisi (1940—45). U., asosan, tarixiy janrda ijod qildi, dolzarb mavzularga hozirjavoblik bilan asarlar yaratdi, asarlarida Oʻrta Osiyo xalklari hayotini aks ettirdi: "Turksib" (1931), "Qahramonnoma" (1936), "Jangovar reja" (1940); "Toshkent harbiy shahar" (1943) asarlar turkumi, "Yer va kelajak xaqida" (1957), "Buxoroyi Sharif" (1957), "Hayot guli" (1963), "Oldingi qatorda" (1964) va boshqa Natyurmortlar ("Moviy ryumkali natyurmort", 1949; "Siren", 1950; "Dala gullari", 1952; "Moviy gullar", 1954 va boshqalar), hajviy plakatlar va boshqa asarlar yaratgan, spektakllar ("Mening doʻstim", 1934; "Nomus va muhabbat", 1936 va boshqalar)ni badiiy bezagan. Xorijiy mamlakatlarda boʻlib, taassurotlari asosida kartinalar (mas, "Hindiston" turkumi va boshqalar) yaratgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz