Viktor Tixonov




Viktor Mixaylovich Tixonov  — (1937-yil 8-fevralda tugʻilgan — 2007-yil vafot etgan) — sovet futbolchisi, hujumchi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.

Tarjimai holi

Viktor Tixonov 1957—1960-yillarda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan. 1960-yil 2-iyulda u SSSR chempionatidagi yagona oʻyinni-"Avangard Xarkov"ga (1:0) qarshi mehmonlik uchrashuvida oʻtkazgan. 1962-yili Toshkent viloyatining „Paxtakor“ jamoasida toʻp surgan.

Murabbiylik faoliyati

Termizning „Chigʻirachi“/"Avtomobilist"/"Spartak" kabi jamoalarida katta murabbiy (1968—1970-yillar, 1974-yil, 1977—1980-yillar), murabbiy (1976-yil), jamoa rahbari (1971—1973-yillar) boʻlib ishlagan. Jizzaxning Zvezda klubida murabbiy,  1982-yili bosh murabbiy (v.b) va 1983-yilda bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. Xalqobodning „Sohibkor“ (1984-yil), Toshkentning „Paxtakor“ (1985—1986-yillar) klublarida katta murabbiy sifatida xizmat qilgan.

Shuningdek, Viktor Tixonov Oʻzbekiston futbol federatsiyasi bosh kotibining oʻrinbosari ham hisoblangan.

Oilasi

Oilali, bir nafar farzandi bor. Oʻgʻli Aleksandr ham futbolchi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz