Viktor Soy (kitob)
"Viktor Soy" Kino guruhinin rahbari Viktor Soy ning tarjimai holi, „Ajoyib odamlar hayoti“ turkumidagi rus rok musiqachilari haqidagi birinchi kitob. Muallifi-Vitaliy Kalgin. "Aleksandr Jitinskiy, Aleksey Ribin va boshqa „esdalikchilarning“ asarlaridan farqli oʻlaroq, Kalginning kitobi Soyga yaqin odamlar — birinchi navbatda KINO guruhi musiqachilari tomonidan maʼqullangan".
Tarixi
"Soy haqida munosib kitob"ni chiqarish gʻoyasi muallif tomonidan 2010-yilda, "Jitinskiyning „Soy abadiy“ kitobi nashr etilganidan koʻp oʻtmay" bu uning hafsalasi pir boʻlganida paydo boʻlgan.
2015-yildan boshlab Moskvaning turli nashriyotlarida Vitaliy Kalginning Soy haqidagi biografik tadqiqotlari nashr etiladi; GQ jurnalining maʼlumotiga koʻra, „Natalya Razlogova va uning turmush oʻrtogʻi Evgeniy Dodolev ixlosmandga yordam berishadi“.
2015-yil yanvar oyida „JZL“ („Yosh gvardiya“ nashriyoti) kichik seriyasida birinchi boʻlib „Viktor Soy“ kitobi nashr etiladi. Nashr xronologik tartibda joylashtirilgan uch qismdan iborat: bolalik va oʻsmirlik (1962-1977), 1977-yildan 1987-yilgacha boʻlgan davr va Viktorning yulduzli finali (1987-1990). Kalgin maʼlumoti boʻyicha huquqshunos boʻlgani uchun, „u tergovchi kabi ishlaydi — va jiddiy va sinchkovlik bilan voqealar xronologiyasini tiklaydi, faqatgina tasdiqlangan maʼlumotlardan foydalanadi“.
Kitobning rasmiy taqdimoti 2015-yil 5-sentyabrda Moskvada VDNKhda boʻlib oʻtgan Moskva xalqaro kitob yarmarkasida boʻlib oʻtdi.
2016-yil sentyabr oyida Nekrasovka tumanida joylashgan 117-sonli kutubxona (Moskva, 2-Volskaya koʻchasi, 20) kitobxonlar orasida eng mashhur kitoblar roʻyxatini tuzdi: ZhZL birinchi qatordan joy oldi.
Sharhlar
"JZL" „Viktor Soy“ kitobi haqida („Muzikalnaya pravda“ "Soyning birinchi adekvat tarjimai holi "deb atagan), „Kommersant“ gazetasining musiqa tanqidchisi Boris Barabanov shunday deb yozgan:
Qirq yoshli avlod uchun bitta kitob muqovasidagi „Soy“ va „JZL“ soʻzlari kutubxonani Vitaliy Kalgin kitobi bilan toʻldirish uchun etarli. Kalgin musiqachi, tanqidchi, voqealar ishtirokchisi boʻmasada, juda kamtar, sirli odam ekanligi ahamiyatlidir. Vitaliy Kalgin oʻz ijodiy ishi uchun maʼlumotni juda sinchkovlik bilan yigʻadi. U tom maʼnoda yuzlab manbalarni qaytadan koʻrib chiqadi, ularning kamida yarmi muallif tomonidan olingan asl intervyulardir.
Fyodor Lavrov, Begemot pank guruhi rahbari:
"Kitobda juda koʻp qiziqarli narsalar bor … Va juda koʻp ish qilingan. Bemaʼni gaplarni shunchalik mashaqqatli ishlashga kuchi yetmaganlar yozsin.
"Eto sladkoe slovo Kamchatka" kitobining muallifi va tuzuvchisi Vladimir Mitin, tan oladi:
"15 yildan oshiq vaqtdan beri KINO guruhi va Viktor Soyning ashaddiy muhlsi boʻlganim sababli, ishtirokchilar bilan bogʻliq turli xil materiallarni toʻpladim, bunday nashrlar meni deyarli hayratda qoldirmasdi. Lekin ochigʻini aytishim kerak — bu kitob meni hayratda qoldirdi.
Muallifning oʻzi bunday tadqiqotda „havaskor professional jurnalistlarga qaraganda yahshroq“ deb hisoblaydi; ehtimol bu "sotilishning yuqori darajadaligini tushuntiradi.
Ushbu asarda „iborama-ibora, asosiy rus rokchilaridan birining va bir necha avlodlar uchun sevimli boʻlgan guruhning qiyofasi namoyon boʻladi“; „muallif matnining oʻn foizi va bilvosita nutqning toʻqson foizidan iboratdir“.
Aleksey Venediktovga kitob yoqdi. „Nezavisimaya gazeta“ Kalgin ishidagi „muxlislik yondashuvining xususiyatini“ qayd etgan .
Tanqidlar
Baʼzi sharhlovchilar bu kitobni „mukammal emas“ deb hisoblashadi va unga boʻlgan munosabatlari „noaniq“; Rashid Nugʻmonov saytida muxlislar faktik xatolar mavjudligini taʼkidlaydilar, Rolling Stone Russia jurnalida esa: „Soyning vafotidan keyingi shon-sharafi haqida deyarli hech narsa yoʻq“deyilgan.
„Smena“ gazetasi bir fikr bildirdi: agar nashriyot „bu asarni katta seriyada qayta nashr etishni oʻylasa, matnni toʻldirish yoki uni qayta ishlash haqida oʻylash kerak“ ."Rossiyskaya gazeta" gazetasi sharhlovchisi Kalginning ishi haqda quyidagicha fikr bildirgan: „Men qoʻlimdan kelgancha izlandim, lekin asosiy narsani tushuntira olmadim“.Biroq, „Komsomolskaya pravda“ nashriyoti kitobni „qiziq“ deb ataydi.
Maʼlumotlar
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org