Viktor Sivets




Viktor Nikolaevich Sivets (1919-1984) — Sovet sanoat arbobi, V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodi direktori, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971).

Tarjimai holi



1919-yil 4-mayda Prjevalsk shahrida (hozirgi Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyati) tugʻilgan. 1943-yilda Qozon aviatsiya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston SSRdagi Toshkent aviatsiya zavodida 1943-yilda usta, 1944-yildan yig‘ish sexida katta usta sifatida boshlagan. 1945-yil boshida Viktor Nikolayevich  ,,Zavodning eng yaxshi ustasi" deb tan olingan.

1947-1963-yillarda sex boshlig‘i, ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i, bosh muhandis o‘rinbosari, 1963-1969-yillarda 84-sonli zavod bosh muhandisi, 1969-1973-yillarda SSSR Aviatsiya sanoati vazirligi tasarrufidagi V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1969-yilda Viktor Nikolayevich Sivets rahbarligi ostida zavodda An-22 ,,Antey" og‘ir harbiy transport samolyotlarini seriyali ishlab chiqarish boshlagan.

1971-yil 26-aprelda Sivets Viktor Nikolayevich SSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan ,,Sotsialistik Mehnat Qahramoni" unvoni, ,,Lenin" ordeni va ,,O‘roq va Bolg‘a" oltin medali bilan taqdirlangan.

1973-yildan SSSR Aviatsiya sanoati vazirligi tasarrufidagi V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya birlashmasi  bosh direktori.

1973-yildan boshlab uyushma IL-76 o‘rta harbiy transport samolyotlarini va uning modifikatsiyalarini ishlab chiqara boshlagan.

Sivets Viktor Nikolayevich 1984-yil 9-dekabrda vafot etgan. Toshkentdagi Chig‘atoy memorial qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari va unvonlari




Xotira



Toshkent koʻchalaridan biri va TAPOiCH Madaniyat va texnika saroyiga V.N.Sivets nomi berilgan.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz