Viktor Sarianidi




Viktor Sarianidi (ruscha: Ви́ктор Ива́нович Сариани́ди; grekcha: Βίκτωρ Σαρηγιαννίδης; 1929-yil 23-sentyabrda tugʻilgan, 2013-yil 22-dekabrda vafot etgan) Sovet arxeologi. Viktor Sarianidi 1976-yilda Qoraqum choʻlida bronza davri madaniyati qoldiqlarini topgan. Madaniyat Baqtriya-Margʻiyona arxeologik majmuasi nomi bilan mashhur boʻlgan. Sovet va Rossiyalik arxeolog, tarix fanlari doktori.

Biografiyasi



Viktor Sarianidi 1929-yil 23-sentabrda Toshkentda Pontika yunonlari oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi, Ioannis va Afina Sarianidi 1920-yillarda Ukrainaning Yalta shahridan Toshkent shahriga koʻchib kelishgan. Sarianidi 1952-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Keyinchalik 1961-yilda Moskvadagi Sovet Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutida magistrlik darajasiga erishgan. Viktorning „Afgʻoniston bronza va temir davrida“ nomli doktorlik dissertatsiyasini 1975-yilda yoqlagan. Sarianidi Arxeologiya instituti xodimlariga qatoriga qoʻshildi va institutda butun faoliyatini shu yerda davom ettirdi. 1996-yilda Viktor Gretsiyaga koʻchib oʻtdi. Viktor Sarianidi 2013-yil 22-dekabrga oʻtar kechasi Moskvada vafot etdi..

Faoliyati



Viktor Sarianidi talabalik davridayoq, 1949-yilda Mikhail Masson rahbarligida Turkmaniston arxeologik yodgorliklarida izlanishlar olib borishadi. 1952-yilda Oʻrta Osiyo Davlat universitetini tamomlagach, Samarqanddagi Tarix muzeyiga ishga kirib, ikki yil shu yerda ishladi. Sarianidi Tohirbey, Yaz Depe (1955-1956), Togolok (1970-yillar) yodgorliklarini qazishda sihtirok etgan. 1974 yildan Sarianidi Margʻiyona (yoki Margʻush) madaniyatini aniqlashga olib kelgan qazishma ishlariga rahbarlik qilgan, 1990-yilda esa bronza va ilk temir davriga oid 200 dan ortiq manzilgohlar topilgan. Manzilgohlarning eng asosiysi miloddan avvalgi III ming yillikning oxirida barpo etilgan va miloddan avvalgi 1600-yillargacha davom etgan poytaxt Gonurtepa edi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz