Viktor Poslavskiy




Poslavskiy Viktor Vasilyevich (1896.10. 11, Batumi - 1979.17.5, Toshkent) — gidrotexnik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (1943), VASXNIL (1956) akademik, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1950). MehnatQahramoni (1976). Petrovsk qishloq xoʻjaligi akade-miyasi muhandislik fakultetini tugatgan (1923). Oʻrta Osiyodagi yirik irrigatsiya va gidrotexnika inshootlarini loyihalash va ularni qurishda qatnashgan (1923—33).! Katta Fargʻona kanali qurilishi (1939—40), Farhod GES loyihasi (1942—49) bosh muhandisi, Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1949— 50). 1950—63 yillarda turli suv xujaligi va ilmiy tadqiqot muassasalarida ishladi. Il-miy ishlari sugʻorish va Oʻrta Osiyo suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga bagʻishlangan; koʻndalang uyurma hodisasiga asoslangan suv olish uzellarining original konstruksiya-sini yaratdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz