Viktor omonqorasi




Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni “Qizil kitob”ga kiritish lozimligini ko‘rsatmoqda. 1998-yil ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 turdagi o‘simlik o‘rin oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlarining keyingi yillar mobaynida  viloyatlar kesimida olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samarasi o‘laroq, “Qizil kitob”ning avvalgi (2009) nashridagi ma’lumotlar yangilandi, ya’ni, “Qizil kitob”ning yangi nashriga ayrim jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, O‘zbekistonda kam uchrashi, tarqalish hududlari, ya’ni tarqalish maydonlari, asosan boshqa mamlakatlar (Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqalar)ga to‘g‘ri kelganligi sababli, botqoq toshyorari, kechki lloydiya, Martius qilicho‘ti, Oltoy trolliusi, yumaloqbargli parpi, Tojikiston yetmagi va boshqa bir qancha turlar “Qizil kitob”dan chiqarish lozimligi borasidagi ilmiy tavsiyalar tayyorlandi. Ulug‘bek skabiozasi, Olga sorbariyasi, Oloy nataliyellasi ham “Qizil kitob”dagi turlar ro‘yxatidan chiqarildi, sababi, hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning areallari O‘zbekiston hududiga tegishli emasligi aniqlandi.

Bundan tashqari, so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar Keller astragali, Olatog‘ za’faroni, Olьga soxta klausiyasi, Severtsov mug‘ultog‘i, Lipskaya chandiri singari turlarning o‘sish maydonlarini kengayganligi aniqlanib, mavjud tabiiy va antropogen omillar yig‘indisi ularning yo‘qolib ketish xavf emasligi tadqiqotlar davomida o‘z tasdig‘ini topdi. Shunga asoslangan holda, mazkur turlar “Qizil kitob”dan chiqarildi. Maqomi 0 ga tenglashtirilgan, ya’ni yo‘qolib ketgan deb hisoblanuvchi turlar soni 19 tadan 10 taga qisqardi. Shuningdek, 15 ta noyob va mamlakatimiz florasi uchun endemik turlar ham “Qizil kitob”ga kiritildi. Qiziqarlisi shundan iboratki, ular orasida so‘nggi bir necha yilda O‘zbekistonlik olimlar tomonidan kashf etilgan va hozirgacha dunyo botanika fani  uchun noma’lum bo‘lgan turlar ham bor. “Qizil kitob”ning avvalgi nashri bilan yaqin kunlarda chop etilishi rejalashtirilayotgan yangi nashrini taqqoslaydigan bo‘lsak, endilikda 157 ta turlarning kamyoblik maqomi o‘zgardi. Shuningdek, avvalgi nashr chop etilganidan beri xalqaro botanika nomenklaturaga kiritilgan ko‘p sonli o‘zgarishlar tufayli, shu jumladan, DNK-tahlillash usulidan keng foydalanilishi munosabati bilan uzoq vaqt davomida maxsus adabiyotlarda qo‘llanilib kelingan ko‘plab taksonomik birliklar (turlar, turkumlar, oilalar)ning ilmiy nomlari ham o‘zgardi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz