Viktor Nikulin




Viktor Mixaylovich Nikulin (1904-yil, Prjevalskiy uyezdi, Semirechensk viloyati, Rossiya imperiyasi — 1961-yil, Moskva, Rossiya SFSR, SSSR) — sovet partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi (1938−1939).

Tarjimayi holi



Viktor Nikulin 1904-yilda Semirechensk viloyati, Prjevalskiy uyezdi, Pokrovka qishlogʻida tugʻilgan. Millati rus. Otasi xalq oʻqituvchisi boʻlgan. 1913-yilda Toshkentda cherkov qoshidagi boshlangʻich maktabning 2-sinfini, 1917-yilda Skobelev shahridagi boshlangʻich maktabni, 1922-yilda Toshkentdagi 8 oylik kechki umumiy taʼlim kurslarini, 1923-yilda Toshkent mexanika texnikumining birinchi kursini tugatgan. 1946–1948-yillarda Butunittifoq kommunistik (bolsheviklar) partiyasi Markaziy Komiteti qoshidagi Oliy partiya maktabida oʻqigan. 1924-yilda Rossiya kommunistik yoshlar ittifoqi, 1926-yildan KPSS aʼzosi. 1919−1921-yillarda Skobelev shahrida Turkiston 4-oʻqchi polki musiqachisi, Rossiyadagi fuqarolar urushi qatnashchisi, 1922-yilda sovun ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik zavodi ishchisi, 1923−1926-yillarda Toshkent tramvayi zavodida elektromontyor, 1926-yilda Toshkent tramvayi zavodi komsomol qoʻmitasi kotibi, 1926−1927-yillarda Toshkent shahar komsomol markaziy tuman qoʻmitasi tashkiliy nazorat boʻlimi mudiri, 1927−1928-yillarda Toshkent viloyati kasaba uyushmasi qoʻmitasida komsomol okrug qoʻmitasi instruktor-vakili, 1928-yilda Toshkent viloyat qishloq va oʻrmon xoʻjaligi birlashmasi raisi oʻrinbosari, 1928−1929-yillarda Toshkent viloyati transport xodimlari kasaba uyushmasi raisi oʻrinbosari, 1929−1930-yillarda Toshkent tramvayi zavodi zavod qoʻmitasi raisi, elektromontyor, 1930-yilda Toshkent viloyati kommunal ishchilar uyushmasi raisi, keyinchalik Toshkent viloyati kasaba uyushmasi tashkiliy nazorat boʻlimi mudiri, 1930−1931-yillarda"Glavxlopok" bosh boshqarmasi mexanik ustaxonasi partiya qoʻmitasi kotibi, 1931-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahridagi Proletar tumani qoʻmitasi tashkiliy nazorat boʻlimi mudiri, 1931−1934-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Mirzachoʻl tumani qoʻmitasi 1-kotibi, 1934-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahridagi Proletar tumani qoʻmitasi 1-kotibi, keyinchalik Marksizm-Leninizm instituti talabasi, 1934−1935-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Lenin tumani qoʻmitasi 1-kotibi, 1935−1936-yillarda „Pravda Vostoka“ gazetasi partiya boʻlimi mudiri, 1936-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Madaniyat va propaganda boʻlimi mudiri oʻrinbosari, 1936−1938-yillarda Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi, 1938−1939-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi, 1939−1941-yillarda Moskvadagi Molotov nomidagi Butunittifoq planlashtirish akademiyasi talabasi, 1941−1943-yillarda Qirgʻiziston Kompartiyasi Jalolobod viloyati qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri, 1943-yilda Qirgʻiziston SSR Qishloq xoʻjaligi xalq komissarligi siyosiy boʻlimi boshligʻi, 1943−1944-yillarda Issiqkoʻl viloyati partiya qoʻmitasi 1-kotibi, 1944−1945-yillarda Jalolobod viloyati partiya qoʻmitasi 1-kotibi, 1945−1947-yillarda Litva Kommunistik partiyasi Klaypeda shahar qoʻmitasining 1-kotibi, 1948-1949-yillarda SSSR Vazirlar soveti huzuridagi Kolxoz ishlari boʻyicha Kengashning Dogʻiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi boʻyicha vakili, 1949−1950-yillarda KPSSning Ulyanovsk viloyati qoʻmitasining maʼmuriy organlar boʻlimi mudiri oʻrinbosari, 1950−1951-yillarda SSSR Paxtachilik vazirligining tashkiliy kolxoz boshqarmasi boshligʻi, 1951−1953-yillarda „Sovetskoye xlopkovodstvo“ gazetasi tahririyati iqtisodiyot boʻlimi mudiri, 1953−1954-yillarda „Selskoye xozyaystvo“ gazetasida boʻlim muharriri boʻlib ishlagan. 1961-yilda Moskvada vafot etgan.

Mukofotlari



1939-yil 21-yanvarda Mehnat Qizil Bayroq ordeni, 1947-yil aprelda Qizil Yulduz ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz