Viktor Maksimovich Jirmunskiy
Viktor Maksimovich Jirmunskiy [1891.21.7 (2.8), Peterburg – 1971.3.1, Leningrad] — rus tilshunosi, adabiyotshunos va folklorshunosi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944), akademik (1966). Peterburg universitetini tamomlagan (1912), Leningrad universiteti professor (1919—41; 1945—49), U rta Osiyo davlat universiteti professor, shu universitet huzuridagi tarixfilologiya ilmiy tadqiqot instituta direktori, Toshkent davlat pedagogika institutida kafedra mudiri (1942—44), sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi Tilshunoslik instituti Leningrad boʻlimida hind-yevropa shoʻʼbasi mudiri (1957—71). Ilk asari nemis romantizmiga bagʻishlangan (1913), Sharq xalqlari eposi masalalariga oid "Oʻzbek xalq qaxramonlik eposi" (H. T. Zarifov bilan hamkorlikda, 1947), "Alpomish haqidagi rivoyat va bahodirlik ertaklari" (1960) kabi monografiyalar muallifi. Nemis tili tarixi va dialektologiyasi, turkiy tillar shevalarini qiyosiy oʻrganish masalalariga oid ilmiy ishlari bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org