Viktor Mahmudov
Viktor Vladimirovich Mahmudov (ruscha: Виктор Владимирович Махмудов) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi boʻlgan oʻzbek harbiy rahbari va xavfsizlik xizmati xodimi. Bu lavozimga 2013-yil 21-sentyabrda tayinlangan.
Biografiyasi
1968-yilda harbiylar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Vladimir Mahmudov (general) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i bo‘lgan. Uning bobosi Nosir Mahmudov O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lgan.
Viktor Mahmudov 1990-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini tamomlagan. 2008-yil 9-oktyabrdan 2010-yil 9-iyungacha Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni boʻlgan. 2010-2013-yillarda Oʻzbekiston Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari va Bosh shtab boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2013-yilda Birinchi Prezident Islom Karimov Farmoni bilan Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlangan.
2015-yil 14-yanvarda general-leytenant unvoni berilgan.
2020-yil 14-avgustda Otabek Umarov oʻrniga O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi etib saylandi.
Manbalar
uz.wikipedia.org