Viktor Kumikov
Viktor Balyutovich Kumikov (1963-yil 12-mayda Nalchik, Kabardino-Balkar avtanom Respublikasi ASSR, RSFSR, SSSRda tugʻilgan) — sovet futbolchisi, darvozabon, Rossiya futboli murabbiyi.
Faoliyati
Viktor Kumikov Kabardino-Balkariya Avtonom Respublikasining (Kabardino-Balkar Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi) poytaxti Nalchik shahrida tugʻilgan. Futbolchi yoshligidanoq sportga mehr qoʻygan. Oʻsmirlik vaqtlarida koʻplab mahalliy havaskor klublarda oʻynagan.
Viktor 1982-yilda 1981-yilda 1-ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Rotor Volgograd (Rossiyaning Volgograd shahrida joylashgan professional futbol klubi) jamoasiga taklif qilingan. Biroq Kumikov Rotorda asosiy tarkibda maydonga tushmagan va mavsum oxirida ushbu klubni tark etgan.
1987-yilda Nalchikning „Spartak“ jamoasida 2-ligada oʻynagan. Keyinchalik ushbu klubda jarohati sabab oʻyinlarda ishtirok eta olmagan va shundan soʻng jamoada murabbiylik faoliyatini boshlagan.
2000-yillarning boshida u Qozogʻiston Respublikasiga joʻnab ketgan va Semipalatins viloyatining „Yelimay“, Kokshetau viloyatining „Yesil“ va Qiziloʻrdaning „Kaysar“ jamoalarida bosh murabbiy sifatida ishlagan. 2004-yildagi oʻyinlarning birida Kumikovning hakamlar bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklari tufayli jamoa maydondan chetlatilgan. „Kaysar“ qolgan oʻnta oʻyinda magʻlubiyatlar hisobiga birinchi ligaga yoʻllanma olgan. Ushbu voqeadan soʻng Qozogʻiston futbol federatsiyasi Kumikovni Qozogʻistonda murabbiylik qilish litsenziyasidan vaqtincha mahrum qilgan.
Shundan soʻng Viktor ikki yil davomida birorta ham professional jamoalar bilan mashgʻulot oʻtkazmagan. 2006-yilda u havaskorlar ligasida oʻynagan Nalchikning Megafon-Kavkaz jamoasini qabul qilgan, ammo mavsum davomida yetarli mablagʻ yoʻqligi sababli jamoa musobaqadan chiqib ketgan.
Oʻsha yili Kumikov yana Markaziy Osiyoga qaytgan va toʻrt yil davomida oʻz milliy chempionatlarida yuqori oʻrinlarni egallab, Osiyodagi klub turnirlarida munosib ishtirok etgan Oʻzbekistonning „Mash’al“ va „Nasaf“ klublarini boshqargan.
2011—2014-yillarda Qozogʻiston Premer-ligasida toʻp surgan Qaragʻandaning „Shaxtyor“ klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Bu vaqt ichida „Shaxtyor“ ikki marta Qozogʻiston chempioni boʻlgan, mamlakat kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritgan. Yevro kuboklarda debyut qilgan ilk qozoq klubi sifatida mamlakatda eʼtirof etilgan. Kumikov Qozogʻistonda uch marta (2011-, 2012-, 2013-yillarda) „Yil murabbiyi“ deb topilgan.
2010-yil oxirida Qozogʻistonning eng yirik Qaragʻanda viloyati hokimi (gubernatori) va „Shaxtyor“ futbol klubi prezidenti Serik Axmetov Kumikovni yana Qozogʻistonga taklif qilib, unga milliy chempionatda gʻalaba qozonish va Yevropa musobaqalarida qatnashish vazifasini yuklagan. Uning rahbarligi ostidagi birinchi yilda klub ilk bor 2011-yilda mamlakat chempioni boʻlgan. Muvaffaqiyat 2012-yilda ham takrorlangan va 2013-yilda klub Qozogʻiston kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2013—2014-yilgi Chempionlar Ligasida „Shaxtyor“ pley-off bosqichiga chiqgan va shiddatli kurashda Shotlandiyaning „Seltik“ jamoasiga (2:0, 0:3) hisobida magʻlubiyatga uchragan. Shundan soʻng 2013/14-yilgi Yevropa Ligasi guruh bosqichiga yoʻllanma olgan. Ikkala muvaffaqiyat ham qozoq klublari uchun birinchi hisoblangan. Ammo 2014-yilgi mavsumda Kumikov gʻalati transfer siyosatini yurita boshlagan, natijada jamoa sovrinlarni qoʻlga kirita olmagan va rahbariyat tomonidan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilingan.
2014-yilning dekabr oyida Kumikov oʻsha mavsumni toʻrtinchi oʻrinda yakunlagan „Chimkent Ordabas“ga oʻtgan va ushbu klub bilan yarim yilga shartnoma imzolagan. Ammo 2015-yilning avgust oyida u bosh murabbiylikdan isteʼfoga chiqga n. Shu bilan birga, u 2014-yilning fevral oyidan beri yordam berib kelayotgan hamyurti, Qozogʻiston terma jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Krasnojanning yordamchisi lavozimidan ham ozod etilgan.
2015-yilning dekabrida Kumikov Toshkentning „Bunyodkor“ va „Buxoro“ futbol klublaridan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekistonga uchib ketgan, biroq tomonlar bilan shartnoma imzolay olmagan.
2016-yil iyul oyida u „Akjayk“ (Qozogʻistonning Uralsk shahrida joylashgan futbol klubi) bilan shartnoma imzolagan, ammo Qozogʻiston futboli rahbariyati shartnomani bekor qilgan. Ushbu voqeadan keyin Kumikov oʻzbek klubi hisoblangan „Olmaliq“ jamoasini boshqara boshlagan.
2018-yilning iyul oyida u Qozogʻistonning Premer-Liga autsayderi hisoblangan „Atirau“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Viktor klubni Premer-ligada saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan va quyi ligadan bir ochkoga yuqorilab, 9-oʻrinni egallagan. Ammo 27-aprel kuni jamoaning 2019-yilgi mavsumdagi omadsiz starti (9 oʻyin; shundan oxiridan bitta oʻrin yuqori) sabab u yana klubdan chetlatilgan.
Murabbiy sifatida erishilgan yutuqlar
Jamoaviy
„Mash’al“ „Nasaf“ „Shaxtyor“ (Qaraganda) Shaxsiy yutuqlari
Shaxsiy hayot
Kabardino-Balkariyada tugʻilgan. Millati boʻyicha adige. Oilasi bilan hozirgacha Nalchikda yashaydi. Turmush oʻrtogʻi Irina shahar poliklinikasida perinatal psixolog boʻlib ishlaydi. Viktorning otasi ekskavatorchi, onasi esa hisobchi boʻlgan. Kumikovning ham uchta ukasi va bir singlisi bor. Katta oʻgʻli Azamat Buyuk Britaniyada Bredford universitetida futbol menejeri sifatida tahsil olgan. Oʻrtanchasi Artur va kichik oʻgʻli Alim futbolchi. Artur ham otasi kabi darvozabonlikka qiziqadi.
Tarix Kumykovning asosiy sevimli mashgʻuloti hiasoblangan. Boʻsh vaqtida u muzeylarga borishni yaxshi koʻrgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org