Viktor Kolodyajniy
Viktor Viktorovich Kolodyajniy (1953-yil 26-iyun, Oʻzbekiston SSR, Urganch) – Rossiya munitsipal va xoʻjalik arbobi. Ikki karra Kuban Mehnat Qahramoni ordeni sohibi (2004, 2008).
Biografiyasi
– 2001-yildan – Armavir shahri rahbarining birinchi oʻrinbosari.
– 2002-yilda Armavir rahbari etib saylangan.
– 2004-yil yanvar oyidan – Sochi shahri rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimiga oʻtgan.
– 2004-yil aprel oyida u Sochi meri etib saylangan.
– 2008-yil 17-aprelda u „Olimpstroy“ davlat korporatsiyasi prezidenti etib tayinlangan.
– 2009-yil iyun oyida u „Olimpstroy“ kompaniyalar guruhi prezidenti lavozimidan ixtiyoriy ravishda isteʼfoga chiqish haqida ariza bergan.
– 2009-yil 6-noyabrdan 2018-yil 2-iyulgacha – Davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kadastr va kartografiya boʻyicha Federal xizmatining Krasnodar oʻlkasi boʻyicha boshqarmasi boshligʻi – Krasnodar oʻlkasining bosh davlat roʻyhatchisi lavozimida ishlagan. Bu lavozimdan oʻz xohishi bilan isteʼfoga chiqgan.
Ikkita oliy maʼlumotga ega. Iqtisodiyot fanlari nomzodi darajasiga ega boʻlgan.
Mukofotlari
– III darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2007-yil 25-sentyabr) – davlat oldidagi xizmatlari va shaharni rivojlantirishdagi yutuqlari uchun (Sochi)
– IV darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2006-yil 3-iyul) – shaharning (Sochi) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik mardonavor mehnatlari uchun
– Aleksandr Nevskiy ordeni (2014-yil 14-yanvar) – erishilgan mehnat muvaffaqiyatlari va koʻp yillik samarali mehnati uchun
– „Shon-sharaf“ ordeni (2003-yil 4-oktyabr) – erishilgan mehnat muvaffaqiyatlari va koʻp yillik samarali mehnati uchun
– „Doʻstlik“ ordeni (1998-yil 30-mart) – koʻp yillik samarali mehnati va xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik hamda hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun
– Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan quruvchisi 1995-yil 29-may
– „Shon-sharaf“ ordeni (SSSR, 1991-yil 21-dekabr)
– Rossiyaning faxriy quruvchisi 1998-yil 17-fevral.
– „Kuban mehnat qahramoni“ medali (Krasnodar oʻlkasi, 2004-yil 21-iyun)
– „Kuban mehnat qahramoni“ medali (Krasnodar oʻlkasi, 2008-yil 17-aprel)
– Kubanda xizmat koʻrsatgan quruvchi
– Armavir, Novokubansk, Sochi shaharlarining faxriy fuqarosi.
Manbalar
uz.wikipedia.org