Viktor Ivanovich Gubin
Gubin Viktor Ivanovich (1917.24.11, Vladivostok — 1975.22.4, Toshkent) — geofizik, Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1962), fiz.mat. fanlari doktori (1958), professor (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). Toshkent Davlat Universitetini tamomlagan (1941). Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanzatsiyalash muhandislari institutida ishlagan (1945 — 58), Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori oʻrinbosari (1958 — 60) va direktori (1960 — 62), boʻlim boshligʻi (1963 — 75). Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi Fizika-texnika va matematika fanlari boʻlimi akademik kotibi (1962 — 63).
G. frontogenez uchun qulay sharoit vujudga keltiradigan usullarni topgan, meteorologik elementlarni oldindan aytib berish masalalarini tekshirgan; temperatura va bosimning advektiv oʻzgarishlarini oldindan hisoblash va bosim boʻyicha shamol tezligini aniqlash usulini taʼriflab bergan, qisqa muddatli ob-havoni oldindan aytib berishning miqdoriy usullarini mukammallashtirgan.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org