Viktor Golovin




Viktor Petrovich Golovin (1954-yil 21-mart, 2007-yil 18-may, Moskva) Sovet va rus sanʼati tarixchisi. Sanʼat tarixi doktori, professor, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tarix fakulteti umumiy sanʼat tarixi boʻlimi boshligʻi. Italiya uygʻonish sanʼati sohasi mutaxassisi.

Hayoti



Golovin 1954-yil 21-martda Toshkentda tavallud topgan. Uning otasi harbiy uchuvchi Pyotr Agafonovich Golovin, yoshligida oʻgʻlining boʻlajak universitet ustozi V. N. Grashenkov bilan birga Oʻrta Osiyoda xizmat qilgan. Golovin oʻrta maktabni Moskvada tamomlagan. 1971-yilda Moskva davlat universitetining tarix fakultetining sanʼat tarixi boʻlimiga oʻqishga kirdi. U yerda oʻsha paytda yetakchi olimlar V. N. Lazarev, D. V. Sarabyanov, V. V. Pavlov, G. I. Sokolov, N. M. Nikulina, K M. Muratova, O. S. Popovalar, M. A. Ilyin, M. A. Reformatskaya, O. S. Yevangulova, V. V. Kirillov, Y. K. Zolotov, M. M. Allenov, I. L. Matsa, V. M. Vasilenko, A. S. Zaitsev, V. S. Turchin, R. V. Savko, R. S. Kaufman va M. N. Yablonskayalar dars berishgan.

Viktor Aspiranturani tugatgach, „Italiyada ilk Uygʻonish davrida haykaltaroshlik va rangtasvir munosabatlari toʻgʻrisida“ nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1981-yilda Moskva davlat universiteti tarix fakultetining xorijiy sanʼat tarixi kafedrasida (hozirgi umumiy sanʼat tarixi kafedrasi) dastlab assistent, soʻngra dotsent (1988), koʻp yillar mobaynida kafedra mudiri oʻrinbosari (1989), soʻngra professor (2003) hamda „Umumiy sanʼat tarixi“ kafedrasi mudiri (2003) lavozimlarida ishlagan. 2002-yilda „Italiyaning ilk Uygʻonish davri rassomlari dunyosi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz