Viktor Fayzulin
Viktor Igorevich Fayzulin (ruscha: Виктор Игоревич Файзулин 1986-yil 22-aprelda tugʻilgan) — yarim himoyachi sifatida oʻynagan sobiq Rossiyalik futbolchi.
Faoliyati
Klub
Oʻzining tugʻilib oʻsgan shahri Naxodkada joylashgan TYTU bitiruvchisi hisoblanadi, u professional faoliyatini Okean Naxodka jamosida boshlagan. Keyinchalik u SKA-Energiya va Nalchikning Spartak klublarida oʻynagan. 2007-yilning dekabrida u „Zenit“ jamoasi bilan 2010-yilning dekabrigacha shartnoma imzolagan. 2012-yilning fevralida u shartnomasini 2016-yilgacha uzaytirgan. 2017-18-yilgi mavsum oxirida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi bilan shartnomasi tugagan, u jarohati tufayli 2,5 yil oʻtkazib yuborganidan keyin faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.
Xalqaro
Rossiyaning oʻsmirlar terma jamoasi(2004) va Olimpiya(2006) terma jamoalariga jalb qilingan. 2007-yildan beri u Rossiya yoshlar terma jamoasida oʻynamoqda. Terma jamoa tarkibida 7 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan. Rossiyaning ikkinchi terma jamoasida ham 2 ta oʻyin oʻtkazgan.
2012-yil 15-avgustda u Rossiya terma jamoasi uchun birinchi oʻyinini oʻtkazdi, u Kot-d’Ivuar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boshlab, butun oʻyinni oʻtkazgan. 2012-yil 7-sentabrda 2014-yilgi Jahon chempionati saralash turnirida Shimoliy Irlandiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan ikkinchi oʻyinda u oʻzining birinchi golini Aleksandr Kerjakovning passidan soʻng kiritigan. Toʻrt kundan soʻng, Isroil terma jamoasiga qarshi bahsda u Rossiya terma jamoasi uchun ikkinchi golini kiritgan va Aleksandr Kerjakovga ham golli uzatma bergan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro maydondagi gollar
Karyera mukofotlari
Zenit Sankt-Peterburg
Manbalar
uz.wikipedia.org