Viktor Chjen




Viktor Anatolyevich Chjen (1945-yil 10-may, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2020-yil 13-oktabr, Sankt-Peterburg, Rossiya) — sovet, oʻzbek va rus iqtisodchisi, shoir, jamoat arbobi, Rossiya Yozuvchilar uyushmasi va MARIS Prezidiumi aʼzosi, „IP-MARIS“ birjasi birja kengashi raisi, iqtisod fanlari doktori. 200 dan ortiq kitoblar, monografiyalar va ilmiy ishlar muallifi. 1990-1994-yillarda —SSR, keyin esa Oʻzbekiston Respublikasi sanoat vaziri lavozimlarida ishlagan. 1995-yilda Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi, Bosh vazir oʻrinbosari (1995-2000), soʻngra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi (2000) lavozimlariga tayinlangan.

Tarjimai holi



Viktor Chjen 1945-yil 10-mayda Samarqandda tugʻilgan. 1968-yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetini muhandis-texnolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Sovet Armiyasi saflarida Leningrad harbiy okrugida xizmat qilgan. Uzoq vaqt ishlab chiqarishda ishlab, yirik mashinasozlik korxonalarini boshqargan. Nomzodlik, keyin esa doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

1990-yilda Oʻzbekiston SSR sanoat vaziri etib tayinlangan va bu lavozimda 1994-yilgacha ishlab kelgan. 1995-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov farmoni bilan Viktor Chjen Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi etib tayinlangan. 2000-yilda Oʻzbekiston Bosh vaziri maslahatchisi etib tayinlangan.

2001-2014-yillar davomida „VAMI“ OAJ ilmiy-tadqiqot loyiha instituti bosh direktori lavozimida ishlagan. 2001-2014-yillar davomida boʻlgan davrda Butunrossiya alyuminiy-magniy institutini boshqargan.
Viktor Chjen Kaliforniya xalqaro fanlar akademiyasining a’zosi, „Shimoliy-Gʻarbiy loyiha-muhandislik kompaniyasi“ direktorlar kengashining hamraisi boʻlgan.
2020-yil 13-oktabrda vafot etgan.

Ijodkorlik



Viktor Anatolyevich 200 dan ortiq monografiyalar, kitoblar va ilmiy ishlar muallifi boʻlgan. Uning tarixiy va teologik-falsafiy mavzularda yozgan „Tasodifiy faylasufning sayohatlari“, „Amir Temur“, „Rurikdan Nikolaygacha“, „Onaon“, „Bibliya she’rlarda“, „Dinlar asoschilari“ kitoblari alohida qiziqish uygʻotadi.

Mukofotlari




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz