Viktor Amelkin
Viktor Aleksandrovich Amelkin (1948-yil 16-iyul, Yanaul, Boshqird ASSR) – sovet futbolchisi, darvozabon ampulasida oʻynagan. U quyidagi klublarda oʻynagan: Turbina (Naberejnye Chelni), Rubin (Qozon), Yangiyer, Skat-5s (Elabuga) va Gazovik (Ijevsk).
Hayoti
Viktor Aleksandrovich Amelkin 1948-yil 16-iyul kuni Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida joylashgan Yanaul shahrida tugʻilgan. Bugugungi kunda Ijevsk shahrida yashab murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanib kelmoqda. U futbolchilikdagi faoliyatini Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya Respublikasidagi Sarapul shahrida joylashgan Sokol futbol klubida boshlagan. 1968—1972-yillarda u SKA-Xabarovsk futbol klubida (armiyachilar) faoliyatini olib bordi. Ammo asosan zahirada qolgan. SKA-Xabarovsk futbol klubidagi faoliyati davomida darvozabonlar Kozemyako Yevgeniy Nikolayevich, Gennadiy Proxorovich Petrovich, Akulenko Nikolayevlar bilan raqobatlasha olmadi.
Viktor Amelkin 1973-yilda yangi tashkil etilgan „Turbina“ (Naberejnye Chelni) jamoasiga qoʻshildi, ushbu jamoada 1986-yilgi mavsumdan tashqari barcha mavsumlarda jami 300 dan ortiq oʻyinlarni yuqori saviyada oʻtkazdi. Klubdagi faoliyati, futbol boʻyicha SSSR sportiga qoʻshgan hissasi uchun „Rossiya sport ustasi“ unvonini oldi.
1986-yilgi mavsumda u Rubin (Qozon) jamoasida oʻynagan. Amelkin Rubin (Qozon) jamoasi tarkibida 23 oʻyinda 24 ta gol urgan. 1988—1990-yillar mobaynida SSSR chempionati Markaziy Osiyo zonasining B toifasida oʻynovchi Yangiyer jamoasi safida harakat qildi. U 1991-yilda „Gazovik“ (Ijevsk) jamoasida futbolchi-murabbiy boʻlgan.
Viktor Amelkin 1992-yilda u Skat-5s (Elabuga) jamoasida oʻynadi va Leonid Slutskiy bilan birga jamoani boshqardi.
Faoliyatini tugatgandan soʻng u „Gazovik“ (Ijevsk) va „Arsenal“ (Ijevsk) bolalar futbol klubi murabbiyi boʻldi.
Yutuqlari
Viktor Amelkin 1973—1976-yillar Tatar ASSR chempionati chempioni. 1973-yilgi Tatar ASSR kubogi go'libi va uch karra finalchisi (1974, 1975, 1976). U ikki marta Volga mintaqalari kubogi (KFK) g'olibi bo'lgan (1974, 1975).
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org