Viktor Ambarsumyan
Viktor Amazaspovich Ambarsumyan (1908, Tiflis — 1996, Byurakan) — arman astrofizigi, akademik (1953), Armaniston Fanlar akademiyasi akademik (1943), prezidenta (1947-93). LDU astronomiya rasadxonasi direktori (1938-yildan). Byurakan astrofizika rasadxonasi tashkilotchisi va direktori (1946-yildan). Nazariy astrofizika asoschilaridan biri. Ilmiy ishlari yulduzlar va galaktikalar kosmogoniyasiga, yulduzlar dinamikasiga, nestandart yulduzlarga, gaz tumanliklariga oid. Ambarsumyan galaktikaning tuzilishini oʻrganishda yangi yoʻnalish ochib berdi, Somon yoʻli tarkibida yangi xil yulduz tizimlari borligini (1947) aniqladi, ularni yulduz assotssatsiyalari deb atadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org