Vikipidiya




Vikipediya — koʻp tilli, erkin, onlayn ensiklopediya. U koʻngillilar jamoasi tomonidan ochiq hamkorlik hamda vikiga tayanuvchi tahrir tizimi asosida yoziladi va yuritiladi. Ushbu loyiha 2001-yil 15-yanvarda mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga toʻldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp koʻzdan kechiriladigan maʼlumot manbasiga aylandi. Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 59 milliondan oshiq maqola bor. Vikipediyaning eng katta ingliz tili boʻlimi 6741393 ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogʻoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi boʻlmish Encyclopædia Britannica (Britaniya Ensiklopediyasi)dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari, Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi ortidan unga yondosh Vikiombor, Vikilugʻat, Vikikitob, Vikiversitet, Vikiiqtibos hamda Vikiyangiliklar kabi loyihalar ham paydo boʻlgan.

Tarixi




wikipedia.com va wikipedia.org domenlari mos ravishda 2001-yil 12-yanvarda va 2001-yil 13-yanvarda roʻyxatga olingan.

Vikipediyaga 2001-yil 15-yanvarda Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Sanger „Vikipediya“ soʻzini inglizcha „wiki“ va „encyclopedia“ soʻzlarini birlashtirib oʻylab topgan. „Wiki“ soʻzi aslida gavayiliklarning soʻzi boʻlib, „tez“ degan maʼnoni bildiradi va koʻpchilik birgalikda yaratadigan web sahifalar shu nom bilan ataladi. Jimmy Walesning niyati Britannica sifatiga yoki undan ham yuqori darajaga erishish va ensiklopediyani bosma holida tarqatish boʻlgan edi.

Oʻzbek tilidagi Vikipediya




Oʻzbek tilidagi Vikipediyada 246 237 ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni — 112 342, ulardan 649 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hokazo bilan qoʻshib hisoblaganda) — 877 045.

Oʻzbekcha Vikipediyaning Oʻzbekiston hududida toʻsilishi




2011-yilning oxirida nomaʼlum sabablarga koʻra Oʻzbekiston hududida oʻzbek Vikipediyasi toʻsib qoʻyildi. Bu oʻzbekcha Vikipediyaning rivojlanishini jiddiy oqsoqlantirdi. Bugungi kunda esa Oʻzbekistonda foydalanuvchilar oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini hech qanday muammolarsiz ocha oladilar.

Turli tillardagi nashrlari



Vikipediya juda koʻplab tillarda har kun, soat va soniyada toʻldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol boʻla oladi:

Toʻliq roʻyxat bu yerda.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz