Vikipediyaning rus boʻlimi
Ruscha Vikipediya (ruscha: Русская Википедия) Vikipediyaning rus tilidagi boʻlimidir. Maqolalari soni 1 milliondan oshiq.
Sanoq
2023-yil 7-Noyabr boʻyicha Ruscha Vikipediyada 1 945 878 maqolalar mavjud. 3 475 187 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 9 780 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 70 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 133 712 517. Teranligi (bugun): 155
Tarix
Rus Vikipediyasi 2001-yil 20-mayda inglizcha boʻlmagan Vikipediyalar orasida (xitoy, golland, olmon, esperanto, fransuz, ivrit, italyan, yapon, portugal, ispan va shved boʻlimlar) vujudga keldi. Uzoq vaqtgacha sekin rivojlandi.
Eʼtiroz
2012-yil 10-iyunida ruscha Vikipediya Rossiya Davlat Dumasida koʻrib chiqilayotgan Axborotlashtirish haqidagi qonunga kiritiladigan oʻzgartirishlarga eʼtiroz bildirib bir kunga yopildi. Bu oʻzgartirishlar IP-manzillarni sud qarorisiz toʻsish huquqini berib, Vikipediyani senzura xavfi ostiga soladi.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org