Vikipediyaning chuqurligi
Vikipediyaning teranligi (inglizcha: Depths of Wikipedia) — bu ijtimoiy tarmoqlardagi Vikipediyadagi noodatiy, hayratlanarli va qiziqarli maʼlumotlarni yoritib borishga moʻljallangan akkaunt (hisob)lar guruhi. 2020-yilda Michigan universiteti talabasi Annie Rauwerda (talaffuzi: Enni Rauverda) tomonidan yaratilgan Instagram ijtimoiy tarmogʻida yaratilgan akkauntda Vikipediyadagi hazil yoki absurd mavzulardagi maqolalaridan parchalar berila boshlangan.
Shuningdek, qoʻshimcha tarzda Annie Rauwerda Vikipediyaning teranligi va maqolalarni tahrirlash boʻyicha seminarlar va jonli efirda komediyali koʻrsatuvlarni tashkil ettirgan.
Yaratilish tarixi
Instagramdagi Vikipediyaning teranligi akkaunti (hisobi) 2020-yil aprel oyida Michigan universiteti nevrologiya fakulteti talabasi Annie Rauwerda tomonidan yaratilgan. Annie Rauwerda akkaunt (hisob)ni shaxsiy loyiha va inglizcha Vikipediyadagi noodatiy, hayratlanarli va qiziqarli maʼlumotlarni boshqalar bilan baham koʻrish maqsadida COVID-19 pandemiyasining boshida yaratgan. Rauwerdaning soʻzlariga koʻra, doʻstining jurnali uchun Vikipediyadan olgan maqolalar parchalari kollaji va Vikipediyadagi cow tipping (tarjimasi: sigirni yiqitish) haqidagi maqolasidagi fotosuratdan ilhomlanlanib, mazkur loyihani yaratgan.
Annie Rauwerda loyiha yaratilmasdan oldin Vikipediyaga qiziqqan boʻlib, bolaligidanoq onlayn ensiklopediyagi maqolalarni oʻqish va oʻrta hamda yuqori maktabdagi sinfdosh doʻstlari bilan birgalikda Wikiracing (tarjimasi: Vikipoyga) musobaqalarida qatnashgand.
Annie Rauwerda Vikipediyadagi Instagramda mashhur boʻlgan Caroline Calloway (talaffuzi: Karolin Kallovey) haqidagi maqola toʻgʻrisidagi xabarni oʻz akkauntida joylashtirgandan soʻng, uning obunachilari koʻpayadi.
Instagram akkauntidagi obunachilar soni ortganidan so‘ng, Rauwerda TikTok va Twitter ijtimoiy tarmoqlarida xuddi shu nomdagi akkauntlarni yaratadi va Vikipediyagi noodatiy maqolalarni batafsilroq yorituvchi axborot byulletenini ishga tushiradi.
Faoliyati
Vikipediyaning teranligida „Portlovchi shimlar“, „Yadroviy Gandi“, „Ulkan doskada shaxmat“, „Jinsiy faol papalar roʻyxati“ kabi mavzulardagi maqolalar haqida maʼlumotlar mavjud.
Annie Rauwerda Vikipediya maqolalari boʻyicha tez-tez maʼlumotlar olib turadi, ammo qaysi birini akkaunt (hisob)ga joylashtirishni oʻzi tanlaydi. 2021-yil oktabr oyida Rauwerda „kuniga 30 tadan 50 tagacha foydalanuvchilarning xabarlarini qabul qilishi“ haqida aytib oʻtdi.
Annie Rauwerda Vikipediya muharriri sifatida Vikipediyadagi maqolalarni tahrirlash yuzasidan seminarlar va jonli efirda komediyali shoular oʻtkazgan.
Obunachilari
Vikipediyaning teranligi akkaunti (hisobi) obunachilari orasida taniqli kishilar Neil Gaiman, John Mayer, Troye Sivan va Olivia Wilde bor.
Kansas State University ritorika va texnologiya fakultetiti professori Heather Woods soʻzlariga koʻra, Vikipediyaning teranligi „internet madaniyatiga kirishda jozibador yoki baʼzan kulgili darajadagi yoqimsiz takliflarni berish orqali“ internetni „kichiklashtiradi“. Vikipediyani moliyalashtirish bilan shugʻullanuvchi Vikimedia jamg‘armasining brend direktori Zachary McCune akkaunt (hisob)ni „Ishdan soʻng Vikipediyaning yaxshi joylariga sayohat qiladigan eng yaxshi maskan“ deb taʼriflagan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org