Vikipediya yodgorligi




Vikipediya yodgorligi (polyakcha: Pomnik Wikipedii) arman haykaltaroshi Mihran Hakobyan tomonidan Vikipediya tahrirchilaarini sharaflash uchun yaratilgan haykaldir. Haykal Polshada joylashgan. U 2014-yil 22-oktabrda Frankfurt maydonida (Plac Frankfurcki) tantanali ravishda ochildi, unda mahalliy Vikimedia Jamgʻarmasi vakillari ishtirok etdi.

Tavsif



Yodgorlikda ikki metr (6 ft 7 in) balandlikdagi Vikipediya logotipi asosida globusni koʻtarib turgan toʻrtta yalangʻoch figura tasvirlangan. Shishali tola va smoladan yasalgan haykalni Polonicum Kollegiyasini bitirgan va asli armanistonlik haykaltarosh Mihran Hakobyan ishlab chiqqan. Haykal, taxminan, 50 000 zlotiy (taxminan, 13 500 dollar; 11 700 yevro) turadi va bu Slubitsa viloyati hokimiyati tomonidan moliyalashtirilgan. Yodgorlikda quyidagi yozuv bor:

Ushbu yodgorlik bilan Słubitse fuqarolari butun dunyo boʻylab minglab anonim muharrirlarga hurmat bajo keltiradi, ular siyosiy, diniy yoki madaniy chegaralaridan qatʼi nazar, odamlar tomonidan birgalikda yaratilgan eng yirik loyiha, Vikipediyani rivojlantirishda ixtiyoriy ravishda hissa qoʻshgan. Ushbu vaqtga kelib Vikipediya 280 dan ortiq tillarda mavjud va 30 millionga yaqin maqolalarni oʻz ichiga oladi. Ushbu yodgorlik ortidagi xayrixohlar, Vikipediya asoslaridan biri sifatida bilim jamiyati sivilizatsiyamizning barqaror rivojlanishiga, ijtimoiy adolat va xalqlar oʻrtasidagi tinchlikka hissa qoʻshishiga ishonch hosil qilamiz[6].

Tarixi



Yodgorlik 2010-yilda universitet professori va Slubitsedagi Polonicum kollegiyasi direktori Krzysztof Wojciechowski tomonidan taklif qilingan. Polyakcha Vikipediya - Polshadagi mashhur veb-saytlardan biri va milliondan ortiq maqolalar bilan dunyodagi 10-chi yirik Vikipediyadir. Mer oʻrinbosari Piotr Luczinskining soʻzlariga koʻra, yodgorlik „shaharning ilmiy markaz sifatidagi ahamiyatini belgilab beradi“. Wikimedia Polska vakilining taʼkidlashicha, tashkilot ushbu loyiha „veb-sayt haqida xabardorlikni oshiradi va odamlarni hissa qoʻshishga undaydi“ deb umid qilmoqda.

U 2014-yil 22-oktabrda Frankfurkki maydonida ochildi va onlayn ensiklopediya uchun dunyodagi birinchi yodgorlikka aylandi. Ochilish marosimida Vikimedia Jamgʻarmasi hamda Polsha va Germaniya uchun Wikimedia boʻlimlari vakillari ishtirok etishdi.

Dariush Jemielniak, menejment professori, Wikimedia faoli va 2014-yili chop etilgan „Common Knowledge? An Ethnography of Wikipedia“ kitobi muallifi, ochilish marosimida nutq so'zladi.

Vikipediya 2001-yilda ish boshlaganida, shuni aytishim kerakki, men Vikipediyaga yodgorlik beriladigan kunni tasavvur ham qilmaganman - biz ular haqida yozamiz, ularni Viki yodgorliklarni sevadi tanlovimiz bilan suratga olamiz va endi bizda oʻz yodgorligimiz bor. Bu haqiqatan ham oʻzgacha va hayajonli kun va umid qilamanki, Vikipediyani tahrirlaydigan va uni bepul bilim manbaiga aylantirgan minglab Vikimediachilarning diqqat markazida boʻladi. Men oʻzim uchun yodgorlikni koʻrish va, ehtimol, loyihada ishtirok etganlar bilan uchrashish uchun Słubitsega tashrif buyurishni intiqlik bilan kutaman[10].

— Jimmy Wales, Vikipediya hammuassisi, ochilishi munosabati bilan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz