Vikinglar
Vikinglar (qadimgi skandinavcha: víkingr — „qaroqchi“) — 8-asr oxiri — 11-asr oʻrtalarida Yevropa mamlakatlariga dengiz yoʻli orqali savdo-sotiq uchun borgan, qaroqchilik va bosqinchilik yurishlari qilgan skandinavlar. Rusda ularni varyaglar, Gʻarbiy Yevropada normandlar deb atashgan. 9-asrda vikinglar Shimoli-Sharqiy Angliyani, 10-asrda esa Shimoliy Fransiyani bosib olishgan. Vikinglar Shimoliy Amerikaga qadar yetib borishgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org