Vikimedia harakati




Vikimedia harakati — Vikimedia loyihalariga, jumladan Vikipediyaga hissa qoʻshuvchilarning global hamjamiyati. Bu hamjamiyat ushbu loyihalarni toʻgʻridan-toʻgʻri tuzadi va boshqaradi, bunga ochiq standartlar va dasturiy taʼminot yordamida erishish majburiyatini oladi.

Dastlab Vikipediyaning koʻngilli muharrirlar hamjamiyati (Vikipediyachilar) tomonidan yaratilgan boʻlib, u oʻshandan beri Vikiombor va Vikimaʼlumotlar kabi loyihalarga, shuningdek, Vikimedia, MediaWikida foydalaniladigan dasturiy taʼminotga oʻz hissasini qoʻshayotgan koʻngilli dasturiy taʼminot muhandislari va ishlab chiquvchilari qoʻshilishi bilan kengaydi.

Loyihalar



Kontent loyihalari



2021-yil holatiga koʻra, Vikimedia quyidagi loyihalardan tashkil topgan:

Infratuzilma va interfeys loyihalari



Vikimedia harakatining boshqa qoʻshimcha loyihalari quyidagilardan iborat:

Tashkilotlar



Loyiha jamoalari



Vikimedia hamjamiyatida har bir boʻlimga bagʻishlangan bir qancha jamoalar mavjud.

Meta hamjamiyati
Koʻp tilli oʻzaro loyihalar hamjamiyatlari Meta-Wikida ishlab chiqilgan boʻlib, u yerda tarjima va boshqaruv masalalari muhokama qilinadi. Bir qator boshqa jamoalar va vikilar, jumladan, Autreach va Strategiya vikilari hamda Commons va Wikidata uchun takliflar mana shu yerda paydo boʻlgan.

Vikipediya hamjamiyati

Vikipediya hamjamiyati — Vikipediya onlayn ensiklopediyasiga hissa qoʻshuvchilar hamjamiyati. U muharrirlardan (Vikipediyachilar), baʻzi ishlaydigan Vikipediya botlaridan va adminstratorlardan iborat. Arbitraj qoʻmitasi (yoki ArbCom) Vikipediyadagi nizolar boʻyicha soʻnggi instansiya sudidir.

Wiki-rezident
Wiki-rezident — bu madaniy muassasalar bilan hamkorlikda ish olib boradigan Vikipediyachilar. Ular koʻngilli yoki maoshli, doimiy yoki boʻsh vaqtlarida ishlashlari mumkin.

Tematik tashkilotlar



Tematik tashkilotlar xayriya tashkilotlari boʻlib, Vikimedia loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. 2021-yil holatiga koʻra, ikkita bunday tashkilot mavjud.

Vikimedia boʻlimlari




Wikimedia Deutschland (WMDE) Vikimedianing eng qadimgi boʻlimi boʻlib, oʻzining birinchi yigʻilishini 2004-yilda oʻtkazgan. 2016–yil holatiga koʻra, uning byudjeti 20 million yevroni tashkil qiladi. WMDE kabi baʼzi boʻlimlar oʻz mablagʻlarining bir qismini toʻgʻridan-toʻgʻri grantlar va qoʻllab-quvvatlovchi aʼzoliklardan oladi. Baʻzi boʻlimlar esa oʻz mablagʻlarini asosan Vikipediya hamjamiyatining yillik reja grantlaridan oladi. 2019-yil holatiga koʻra, hamjamiyat byudjetining taxminan 10 foizi shu kabi boʻlimlar va tematik tashkilotlarga sarflangan.

Vikimedia Jamgʻarmasi




Vikimedia Jamgʻarmasi shtab-kvartirasi San-Fransiskoda (Kaliforniya) joylashgan notijorat va xayriya tashkilotdir. U domen nomlariga egalik qiladi va jamgʻarmaning baʼzi veb-saytlarini yuritadi. Vikimedia Jamgʻarmasi 2003-yilda Jimmy Wales tomonidan domenlar va savdo belgilari uchun masʼul boʻlgan mustaqil xayriya tashkiloti boʻlishi va Vikipediya va uning qardosh loyihalari kelajakda notijorat mablagʻlar orqali moliyalashtirilishi uchun tashkil etilgan. Uning maqsadi „... butun dunyo bo'ylab odamlarni bepul litsenziya ostida yoki jamoat mulki boʻlgan taʼlimga doir maʼlumotlarni toʻplash va rivojlantirish hamda uni samarali va global miqyosda tarqatish imkoniyatlarini kengaytirish va jalb qilish edi“.

Jamgʻarmaning 2015-yilgi moliyaviy hisobotiga koʻra, 2015–yilda Vikimedia Jamgʻarmasi 72 million AQSh dollari byudjetga ega boʻlib, uning faoliyatiga 52 million AQSh dollari sarflagan va zaxira mablagʻni 82 million AQSh dollariga oshirgan.. Jamgʻarma asosan hayriyalar ortidan moliyalashtiriladi va oʻrtacha ehson miqdori 15 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Vikimedia foydalanuvchilar guruhlari



Turli xil Vikimedia loyihalarining 800 dan ortiq tildagi nashrlari mavjud boʻlib, ularning har birida umumiy qiziqish sohalarida ishlaydigan muharrirlar guruhlari mavjud.

Baʻzilarida oʼzlarining loyiha sahifalari, aʻzolik roʼyxatlari bilan Vikiloyihalar mavjud. Baʻzilar foydalanuvchilar guruhlari sifatida roʻyxatdan o'tadilar, logotiplardan foydalanadilar va tadbirlar va loyihalar uchun grantlarda ishtirok etadilar. 2023-yil holatiga koʻra, 140 dan ortiq foydalanuvchilar guruhlari mavjud.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz