Vikilugʻat




Vikilugʻat (viki va lugʻat soʻzlarining birikmasi) (inglizcha: Wiktionary) — koʻp tilli, barcha tildagi barcha soʻzni oʻz ichiga olgan lugʻat tuzish maqsadida yaratilgan loyiha. Hozirda Vikilugʻatning 171 tildagi boʻlimi mavjud. Vikipediya singari Vikilugʻat ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan yaratiladi. Vikilugʻatda har qanday odam yangi sahifa yarata oladi, borlarini tahrir qila oladi.

Vikilugʻatda tipografik cheklovlar yoʻq. Shuning uchun lugʻatning aksar boʻlimlarida soʻzning izohi bilan birga uning boshqa tillarga tarjimasi, maxsus lugʻatlarda beriladigan qoʻshimcha maʼlumotlar bor.

Oʻzbekcha Vikilugʻat



Oʻzbekcha Vikilugʻatga 2005-yil asos solingan. 2014-yilgacha oʻzbekcha boʻlim juda sust rivojlandi. Oʻsha yili bot yordamida oʻzbekcha lugʻatlardagi izohlar qoʻshildi. Xususan, Vikilugʻatga Oʻzbek tilining izohli lugʻatida berilgan 80 000 dan oshiq soʻz qoʻshildi. 2015-yil Oʻzbekcha Vikilugʻat bosh sahifasi tubdan oʻzgartirildi.

Hozirda Vikilugʻatning oʻzbekcha boʻlimida 150 dan oshiq tildan olingan soʻzga 113 807 ta oʻzbekcha izoh bor. Ayni damda Oʻzbekcha Vikilugʻatda administrator yoʻq.

Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz