Vike-freyberga Vayra




Vayra Vike-Freyberqa (1937.1.12, Riga) — Latviya prezidenti. Yuridik fanlari d-ri, Latviya FA va Kanada ilmiy akademiyasi aʼzosi. 1945-yildan chet elda yashagan; 1999-yildan Latviyada. Toronto universitetini (1960) va Monrealdagi Makgil universitetini (1965) tugatgan. 1954-yildan Kanada tijorat banki xodimi, Torontodagi maktabda tarbiyachi, sugʻurta konfederatsiyasida tarjimon, kollejda ispan tili oʻqituvchisi, kasalxonada psixolog. 1964—98 yillarda Monrealdagi universitetda lektor, assistent, prof.; ayni vaqtda 1984— 89 yillarda Kanada Ilmiy kengashi vitse-raisi, Rigadagi Latviya instituti direktori. 1999-yil iyuldan Latviya Respublikasi prezidenti.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz