Vihti
Vihti cherkov qishlogʻi (shuningdek,
Vihti nomi bilan ham tanilgan; fin: Vihdin kirkonkylä) — Finlandiyaning Uusima viloyatidagi ikkinchi yirik shahar hududi va Vihti munitsipalitetining sobiq maʼmuriy markazi (shahar idorasi 2004-yilda cherkov qishlogʻidan Nummela shahriga koʻchirilgan). Qishloq Vihtining shimoliy qismida, Hiidenvesi koʻliga tegishli Kirkkojärvi koʻlining shimoliy qirgʻogʻida joylashgan. Unda 3500 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Cherkov qishlogʻiga Vihti cherkovi, Avliyo Britget cherkovi xarobalari, Vihti muzeyi, Siirilya sanʼat uyi va yozgi teatr kiradi. Yozda qishloqda Wuosisatamarkkinat festivali va yoz oʻrtalarida turli bayramlar oʻtkaziladi, ularning ikkalasi ham minglab mehmonlarni oʻziga jalb etadi. 2016-yilning yozida qishloqda umummilliy missiya o‘tkazildi.
1994-yilda Vihti cherkov qishlogʻi „Yilning Uusimaa qishlogʻi“ sifatida tanlandi.
Manbalar
uz.wikipedia.org