Viedeň




Vena — Avstriya poytaxti. Dunay daryosi boʻyida. Alp togʻlarining Shimoli-sharqiy tarmogʻi — Vena Oʻrmoni (Vinervald) togʻi etagida joylashgan. Aholisi 1,6 mln. dan ziyod kishi (1990-yillar oxirlari). Venada yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,5°, baʼzan — 12° dan —18° gacha sovuqlar ham boʻlib turadi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 20°.

1-asrda Vena oʻrnida Rim legionlarining lageri (Vindobon) boʻlgan. Manbalarda Vena nomi dastlab 881, soʻngra 1030-yildan tilga olinadi. 12-asr oʻrtalaridan Avstriya gersoglarining qarorgohi. 16-asrdan koʻp millatli Avstriya-Gabsburglar davlatining poytaxti. Vena 18—19-asrlardan Yevropa madaniyati (ayniqsa musiqa madaniyati)ning yirik markazlaridan biri. 1805—06 va 1809-yillarda V.ga Napoleon 1 qoʻshinlari bostirib kirgan. 1814—15 yillarda Vena kongressi chaqirilgan. 1848—49 yillarda Vena revolyutsion kurash markazi. 1867—1918-yillarda Vena Avstriya-Vengriya poytaxti. 1938-yil martda nemis qoʻshinlari Avstriya-ni, shu jumladan Venani ham egalladi. 1945-yil 13 aprelda fashistlardan ozod qilindi, oʻsha yili iyulda Venada Avstriyaning okkupatsiya zonalari va Venani idora qilish haqidagi bitimlar imzolandi. 1955-yil mayda Venada mustaqil va demokratik Avstriyani tiklash haqidagi davlat shartnomasi imzolandi, oktabr da Avstriya parlamenti Avstriyaning doimiy betarafligi haqida qonun qabul qildi. Vena Avstriyadagi eng yirik, Yevropadagi muhim transport yoʻllari tuguni. Shvexat xalqaro aeroporti bor. Vena mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi, yirik daryo porti. Mamlakatdagi sanoat ishlab chiqarishning qariyb yarmi Venaga toʻgʻri keladi. Mashinasozlik, (elektrotexnika, transport mashinalari), kimyo, tikuvchilik, poyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Eksport uchun kiyimbosh, poyabzal, musiqa asboblari va b. ishlab chiqariladi.

Venaning markaziy qismida Stefan sobori (12—15-asrlar), Barokko usulida qurilgan Karl Borromey cherkovi (171637), Shyonbrunn (taxminan 1695-1700), Shvarsenberg (1697-1715), Shyonborn (1706-11), Belveder (1714— 24) kabi saroy va binolar saqlangan. 19-asrda va 20-asrning boshlarida qurilgan binolar (muzey, 1870—91; teatr, 1870—88; Sesession koʻrgazmalar binosi, 1899) modern uslubiga xosdir. Venada Fanlar akademiyasi, Vena universiteti, bir qancha oliy maktablar, Musiqa sanʼat akademiyasi, Burg teatri, opera teatri, L. Betxoven, Y. Gaydn, V. A. Motsart, F. Shubert, I. Shtraus uy-muzeylari va b. bor. 15 dan ortiq muzey, koʻrgazma zallar va saroylarda badiiy sanʼatning nodir kolleksiyalari saqlanadi. Eng yirik kutubxonalari: Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi. Metropoliten bor. Vena — YUNI-DO, MAGATE va boshqa xalqaro tashkilotlarning qarorgohi.

Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Viena (nemis tilida Wien) — Avstriyaning poytaxti va eng yirik shahri. U mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismida, Duna (Dwina) daryosi qirg‘oqlarida joylashgan. Viena nafaqat siyosiy, balki madaniy va iqtisodiy markaz hisoblanadi.

Viena haqida batafsil ma'lumot:

  1. Tarixiy ahamiyati: Viena qadimda Rim imperiyasi hududida joylashgan bo‘lib, ko‘p asrlar davomida Evropa tarixida muhim rol o‘ynagan. Shaharning markaziy qismi YUNESKO tomonidan Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

  2. Madaniyat va san'at: Viena musiqiy an'analari bilan mashhur. Bu shahar dunyoga taniqli bastakorlar — Volfgang Amadey Mozart, Ludvig van Bethoven, Frants Shubert va boshqalarni bergan. Viena opera teatri, Filarmoniya orkestri va ko‘plab galereyalar shaharning madaniy hayotining markazi hisoblanadi.

  3. Me'morchilik: Shaharda barokko, gotika va zamonaviy uslublarni o‘zida mujassam etgan ko‘plab tarixiy binolar mavjud. Esda qolarli inshootlar qatoriga Shtefansdom (Stephansdom) sobori, Hofburg saroyi va Belveder saroyi kiradi.

  4. Iqtisodiyot: Viena markaziy Yevropa iqtisodiyotining muhim tugunlaridan biri bo‘lib, ayniqsa moliya, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarida yetakchi o‘rinni egallaydi. Shahar shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning yirik ofislariga mehmonlik qiladi.

  5. Hayot tarzi va iqlim: Viena odatda qulay yashash joyi sifatida e’tirof etiladi, shahar ko‘kalamzor va keng xiyobonlarga ega. Uning iqlimi mo‘tadil kontinental bo‘lib, yozda iliq, qishda esa sovuq bo‘ladi.

Umuman olganda, Viena tarix, madaniyat va zamonaviy rivojlanish uyg‘unlashgan xalqaro shahardir.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz