Vidikon




Vidikon (video ...va yun. likon — tasvir) — fotooʻtkazuvchi nishonli uzatuvchi televizion trubka; telekameraning asosiy elementi. Ichki fotoeffekt yordamida obʼektning optik tasvirini elektr signaliga aylantiradi. V. tarqatuvchi va sanoat televideniyesi tizimida uzatuvchi trubkaning asosiy turi.

V.ning asosiy elementi nishon; u shaffof oʻtkazgich taglikka oʻtkazilgan yupqa qatlamli yarimoʻtkazgichli fotoqarshiliklar majmuidan iborat. Dastlabki V.larning nishoni SbS3 dan tay-yorlangan. Studiyadagi uzatishlar uchun nishoni yorugʻlikka nisbatan yuqori sezgirlikka va kichik inersiyaga ega boʻlgan RO dan yasalgan V. (plyumbikon, ledikon) koʻp qoʻllaniladi. Selenid kadmiyniig (xalnikon yoki kadmi-kon), Se—As—Te ning (satikon), ZnS— Cd—Te ning (nyuvikon) geterooʻtishlariga asoslangan nishonlar kichik qorongʻilik tokiga (yorugʻlik tushmaganda) ega. Bunday V. studiyadan tashqarida rangli reportaj kameralari uchun qoʻllaniladi.

Rangli tasvirlarni uzatish uchun yoki mos rangli filtrlar bilan 3 ta V., yoki nishoni yorugʻlik filtrlarining davriy tuzilishiga ega boʻlgan, 3 asosiy rangli tasvir (koʻk, qizil, yashil)ni qoʻshuvchi va ajratuvchi maxsus konstruksiyali bitta V. ishlatiladi. Nishoni rentgen nurlanishiga sezgir boʻlgan amorf Se dan yasalgan V. rentgen televizion defektoskopiyada ishlatiladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz