Victoria (sharshara)
Viktoriya — Jan. Afrikaning Zambezi daryosidagi sharshara. Victoria dunyoda eng katta sharsharalardan biri. Eni 1800 m. Suv 120 m balandlikdan eni 130 m, chuq. 140 m boʻlgan bazaltli tor daraga otilib tushadi. Mahalliy aholi uni Mozioatunya, yaʼni "Guldurayotgan bug" deb ataydi. Sekundiga urta hisobda 1400 m3 suv tushadi. Victoriada kichikroq GES qurilgan. Victoria va unga yondosh hududlarning tabiat manzaralari va noyob hayvonlarini muhofaza qilish maqsadida Zambezi daryosining jan. sohilida Viktoriya-Fole milliy parki tashkil etilgan. Victoriani 1855-yilda ingliz sayyohi D. Livingston kashf etgan va ingliz qirolichasi nomi bilan atagan.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org