Victor Moore




Victor Fred Moore (talaffuzi: „Viktor Fred Mur“, 1876-yil 24-fevral  — 1962-yil 23-iyul) amerikalik sahna va ekran aktyori, 1920-yillar oxiridan 1930-yillargacha boʻlgan yirik Brodvey yulduzi. U yozuvchi va rejissyor ham bo‘lgan, ammo bugungi kunda qo‘rqoq, yumshoq muomalali rollarni ijro etgan komediyachi sifatida yaxshi eslanadi. Bugungi tomoshabinlar uni abadiy filmga aylangan Rojdestvo mavzusidagi filmning yulduzi sifatida bilishadi: It Happened on 5th Avenue(1947).

Karyerasi



Victor Moore 21 ta Brodvey shoularida va 50 dan ortiq filmlarda ishtirok etgan. Uning Brodveydagi birinchi chiqishi Rozmarida boʻlgan (1896). Shuningdek, u George M. Cohanning 1-yanvarda ochilgan "Forty-five Minutes from Broadway" va uning davomi "The Talk of New-York" (1907) filmida ham paydo boʻldi.

Shaxsiy hayoti



U ikki marta uylandi — birinchi boʻlib aktrisa Emma Littlefield 1903-yil 23-iyundan 1934-yil 23-iyunda vafotigacha, keyin esa 1942-yil 16-yanvarda Shirley Pagega. Turmush vaqtida Moore 65 va Page 20 yoshda edi. Nikoh bir yarim yil davomida ommaga eʼlon qilinmadi. Ular 20 yildan keyin Victor Moore vafot etgunga qadar turmushda boʻlishdi.

Uning birinchi xotinidan uchta farzandi bor edi: asrab olingan oʻgʻil kichik Victor, Ora Victora va Robert Emmett.

Victor Moore hamkasblari tomonidan yaxshi koʻrilgan. 1915-yilda Nyu-Yorkning Long-Aylend shahridagi aktyorlar koloniyasi orasida u Friportda joylashgan LIGHTS (Long Island Good Hearted Thespianʼs Society) deb nomlangan ijtimoiy guruhni tuzdi. Aʼzolik tarkibiga koʻplab shou-biznes taniqli shaxslari, jumladan, John Philipp Sousa, Irving Berlin, Al Jolson, Will Rogers va Ringling Bros.lar ham shular jumlasidandir. Murning taʼkidlashicha, shou-biznesdagi odamlar koʻpincha Rojdestvo mavsumida ishlashga majbur boʻlishadi, shuning uchun u har yili, ayniqsa, aktyorlar uchun „Iyulda Rojdestvo“ bayramlarini tashkil qilgan.

Radiodagi chiqishlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz