Victor Wanyama




Victor Mugubi Wanyama (talaffuzi: Viktor Mugubi Vanyama; 1991-yil 25-iyunda Nayrobida tugʻilgan) — keniyalik futbolchi, „Foot Montréal“ futbol klubi va Keniya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Oʻrta maktabni tugatgach, Victor Wanyama uch yil davomida „JMJ“ sport maktabida tahsil oldi, shu vaqt ichida u Keniya premyer ligasidagi „AFC Leopards“ jamoasida toʻp surgan. 2007-yilda u Shvetsiyaning „Helsingborg“ futbol klubiga qoʻshildi, ammo 2008-yilda akasi MacDonald „Parma“ futbol klubiga oʻtgani sababli u ham jamoani tark etdi.

2008-yilning yozida Wanyama „Beerschot“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Yosh yarim himoyachining Belgiya chempionatidagi debyuti 2008—2009-yilgi mavsum oxirida boʻlib oʻtdi. 2009-yilning sentabrida u Matías Suárezga nisbatan qoʻpollik qilgani uchun 100 yevro jarimaga tortilgan va uch oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan.

2010-yilning yozida Shotlandiya premyer ligasining „Celtic“ futbol klubi Victor Wanyama bilan shartnoma imzolashga urinib koʻrdi, ammo „Beerschot“ jamoasi futbolchini qoʻyib yubormadi. Shuningdek, Wanyama Moskvaning „CSKA“ futbol jamoasiga ham qiziqish bildirgan. 2010-yilning 11-dekabrida „Westerlo“ futbol klubiga qarshi oʻyinning 77-daqiqasida u „Beerschot“ futbol klubi safidagi birinchi golini urdi. 2011-yilning aprel oyida u „Kortrijk“ futbol klubi futbolchisiga tirsagi bilan zarba bergani uchun yana uch oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan.

2016-yil 23-iyun kuni Angliya premyer ligasining „Tottenxem“ futbol klubi 11 million funt evaziga Victor Wanyama bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

2020-yilning 3-martida Wanyama 3 yillik shartnoma asosida MLSning „Monreal Impact“ futbol klubiga qoʻshildi. U Kanadaning „Monreal Impact“ klubidagi debyutini 2020-yil 10-mart kuni CONCACAF-2020 Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi oʻyinida Gondurasning „Olympia“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi. 2020-yil 9-sentabrda „Toronto“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Monreal Impact“ futbol jamoasi tarkibidagi birinchi golini urdi.

Xalqaro faoliyati



Wanyama Keniya terma jamoasidagi debyutini 2007-yilning may oyida, 15 yoshida Nigeriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi. Bu oʻyin FIFAning rasmiy oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlmagan va futbolchining statistikasiga kiritilmagan. Hozirda Victor Wanyama terma jamoa safida 44 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urishga erishgan. Shuningdek, 2010-yilgi jahon chempionati saralash bosqichidagi oltita oʻyinda ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti



Wanyama sportchilar oilada tugʻilgan. Uning akasi MacDonald Mariga ham futbolchi hisoblanadi. Uning otasi Noa Wanyama 1980-yillarda „AFC Leopards“ jamoasida oʻynagan, singlisi esa professional basketbolchi sifatida tanilgan.

Statistika




Manbalar




Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found

uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz