Vicky Chandhok
Vicky Bharat Chandhok (1957-yil 7-aprelda tugʻilgan) hindistonlik poygchi va bir qancha poyga musobaqalari tashkilotchisi. 2003-2005 va 2010-2013-yilllar oraligʻida Hindiston Motorsport klublari federatsiyasi (FMSCI) prezidenti boʻlgan. Hindiston federatsiyasi prezidenti sifatidagi ikkinchi faoliyati davomida u Hindiston Gran-prisi Formula 1 poygalarini Hindistonga olib kelish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirgan. U, shuningdek, FIA va Berni Ekklstoun vakili sifatida Buddh International poygasida F1 trassasining qurilishiga rahbarlik qilgan. Chandhok F1 trassasini quruvchi va unga egalik qiluvchi Jaypee Sports International (JPSI) kompaniyasining maslahatchisi hisoblanadi. Hozirda u FMSCI kengashi aʼzosi va FIA poygalari komissiyasi aʼzosi. Shuningdek, u Hindistonda oʻtkazilgan ralli boʻyicha bir qancha poygalarda chempion boʻlgan. U Indu Chandhokning oʻgʻli, FMSCI va Madras Motor Sports Club (MMSC) asoschilaridan biri. Uning oʻgʻli Karun Chandhok Hindistonning ikkinchi F1 haydovchisi.
Chandhok 1982-yilda Chitraga turmushga chiqdi. Uning Ikki oʻgʻli bor: Karun Chandhok va Suhail Chandhok . Uning bobosi Lala Indersain Chandhok oilada avtosport anʼanalarini shakllantirgan boʻlsa, otasi Bharat Indu Chandhok Indersainning ikkinchi oʻgʻli. U nafaqat Sholavaram poygalarida qatnashgan, balki ushbu poygaga asos solgan.
Chandhok oʻzining haydovchilik faoliyatini 1972-yilda bsohlagan. Oʻsha yili Sholavaramda debyut chiqishini qilgan. Koʻp yillar davomida Hindiston milliy ralli chempionatida qatnashgan. 350 dan ortiq kuboklarni qoʻlga kiritgan. 28 yillik poyga va rallingdan keyin 2000-yilda faoliyatini yakunlagan. Uning so‘nggi musobaqasi 2000-yildagi Janubiy Hindiston rallisi hisoblanadi. Besh yillik tanaffusdan so‘ng Mitsubishi Lancer avtomobilida sahnaviy chiqishni amalga oshirgan.
1989-yilda Chandhok Walles sport va tadqiqot fondiga asos solgan. Walles jamgʻarmasining birinchi talabalaridan biri keyinchalik FMSCI prezidenti boʻlgan Akbar Ibrohimdir. Ibrohim Walles bayrogʻi ostida yangi Madras Motor Sport Trackda ishtirok etagn.
Manbalar
uz.wikipedia.org