Vibrion
Vibrion (Vibrio) - Vibrionaceae oilasiga mansub urugʻ; spora hosil qilmaydigan vergulsimon bakteriyalar. Uz. 0,5—1,5, yugʻonligi 0,3—0,6 mkm. Xivchinlari bir yoki bir nechta hujayraning bir qutbida joylashadi. V. uchun polimorfizm xos. Suvda, tuprokda, odam va hayvonlar ichagida yashaydi. V. patogen va saprofit buladi. 100 dan ortiq turi maʼlum. Masalan, Vibrio cholera! asiaticae odamlarda vabo kasalligini qoʻzgʻatadi. Bu V.ni birinchi marta nemis olimi R. Kox 1883 yilda Misrdagi vabo epidemiyasi vaqtida bemorlarning axlati va nobud boʻlganlarning ichagini tekshirishda aniqpagan. Mikrobiolog N. F. Gamaleya kasallikdan ulgan tovuq va kaptarlarda odamda kasallik qoʻzgʻatish xususiyati boʻlmagan V.ni aniqlagan. Bundan tashqari, sellyulozani yemiruvchi, faqat hayvonlar yoki qushlarni, hasharot va baliqlarni kasallantiruvchi V. ham uchraydi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org