Vibratsiya




Vibratsiya (lot. vibratio — tebranish, titrash), titrash — elastik jismlarning mexanik tebranishi, titrashi. Foydali va zararli xillari bor. Vibrator, vibratsiya mashinasi yordamida ataylab hosil qilinadigan foydali V. texnologik operatsiyalarda (vibratsion tashishda, vibratsion kesishda, betonni zichlashda), mashina va qurilmalar (vibrobolgʻalar, qoziq qoqqichlar)da foydalaniladi. Zararli V. transport harakatlanganda, mashina va asboblar ishlaganda paydo boʻladi; ular konstruksiyalarni buzishga olib keladi, inson sogʻligʻiga zararli taʼsir qiladi (qarang Vibratsiya kasalligi). Zararli V.ni kamaytirish uchun vibroizolyatsiya usuli qoʻllaniladi, dinamik soʻndirgichlar va b.dan foydalaniladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz