Vezuvian




Vezuvian (idokraz) (Vezuviy vulkani nomidan) — orolsimon silikatlar sinfiga mansub mineral. Turi koʻp. Beriyliyli V., titanli V., magniyli V., frugardit, vilyuit, siprin va b. maʼlum. Kimyoviy formulasi CaI0Al4(Mg,Fe)2(OH, F)4[Si04]5|Si207Jr Tetragonal singoniyali. Prizmatik, kristallar, radial tolasimon donachalar. Rangi sargʻish-yashil, qoʻngʻir, sariq, qora (vilyuit), havorang (silrin), kulrang . Shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 6,5—7. S ogʻ. 3,4. V. skarnlarda (granat, epidot b-n), rogoviklarda, oʻzgargan magmatik jinslarda, gidrotermal yertomirlarda hosil boʻladi. V. Oʻzbekistonda koʻp. V.ning yirik toʻplamlari Chatqol (Sandalash, Gʻovasoy, Chimyon, Kumushkon, Surenota, Sumsar), Qurama (Olmaliq) tizmalarida va Gʻarbiy Oʻzbekistonning W— Mo konlarida (Qoʻytosh, Temirqapigʻ, Langar, Ingichka, Tim, Qoratepa, Saritov) uchraydi. V. Germaniya, Italiya, AQSH, Rossiya va b. joylarda ham maʼlum. Shaffof turlaridan turli buyumlar tayyorlanadi

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz