Vezirgeldi Ilyasov




Ilyasov Vezirgeldi Omarovich (turkmancha: Wezirgeldi Omarowiç Ylýasow 1992-yil 18-yanvar, Gum-Dag, Turkmaniston) — turkman futbolchisi, Ashxobodning „Oltin Asir“ va Turkmaniston terma jamoasining markaziy yarim himoyachisi.

Tarjimayi holi



Vezirgeldi Ilyosov 1992-yil 18-yanvarda Turkmanistonda Bolqon viloyatining Gum-Dag shahrida tugʻilgan.

Markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Faoliyatini „Edigen“ (MTTU) futbol klubida boshlagan, soʻng „Oltin Asir“da oʻynagan. 2018—2019-yillarda Turkmanistondagi Anauning „Ahal“ jamoasida oʻynagan. Ikki marta Ilyosov tarkibida boʻlgan „Ahal“ jamoasi Turkmaniston milliy chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan (2018- va 2019-yillar). OFK kubogida qatnashib, 14 ta oʻyinni toʻliq oʻtkazib, 1 ta gol urgan.

2020-yilning fevral oyida u „Ahal“ va Turkmaniston terma jamoasi himoya markazidagi sherigi Abdi Byashimov bilan birga markaziy yarim himoyachi sifatida Oʻzbekistonning „Qizilqum“ jamoasiga oʻtdi. Ilyosovning shartnomasi 2021-yilning dekabri oxirigacha moʻljallangan edi . 2020-yil 1-mart kuni Ilyosov jamoasi Oʻzbekiston Superligasida „Nasaf“ga qarshi oʻyinda (1:3) magʻlubiyatga uchradi. 2020-yilning avgustida u oʻzbek klubini tark etdi va shundan soʻng yana Turkmanistonga qaytdi.

2021-yil aprel oyidan boshlab yana „Oltin Asir“da toʻp sura boshladi.

Milliy terma jamoa




Vezirgeldi Ilyasov 2018-yildan Turkmaniston terma jamoasiga jalb qilina boshladi. 2019-yilning 9-yanvarida u Turkmaniston terma jamoasi safidagi debyutini 2019-yilgi Osiyo Kubogining birinchi oʻyinida Yaponiya termasiga qarshi oʻtkazdi (1:3). Ilyosov Turkmaniston terma jamoasi safida jami 10 ta oʻyin oʻtkazgan.

Yutuqlari



„Ahal“

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz