Vey In U san dafu




Vey In U (736 - 825)ning «Chunchjoudan g‘arbga 

o‘tadigan tog‘ irmog'i yonida» she’ridan parcha.

Shabnam yerga qo‘ndi, oppoq shabnam … - oyning manguligi 

va oy nuri haqidagi xitoylik mashhur shoir va faylasuf Su Shining 

«Qizil devor» nomli nasriy dostonidagi satr.

Qaqnuslar minorasi - bu yerda: hukmdor saroyi.

Umrboqiylik eliksiri - Xitoy mifologiyasiga ko‘ra, oyda bir 

quyon yashaydi va hovonchada umrboqiylik baxsh etuvchi dori 

(eliksir) tayyorlaydi.

Hamma joyda yer bor, uning ustida osmon ... - Uzoq Sharqdagi 

madaniy tasavvurlarga ko‘ra osmon - faol boshlang‘ich, hukmdor; 

yer - nofaol boshlang‘ich, xalq. Ikkalasi ham bir-birisiz mavjud 

bo‘la olmaydi. Bu she’r hukmdor xalqsiz yashay olmasligi kabi 

shoir ham yolg‘iz yashay olmasligi, buning yomon ekanligi 

haqidadir. Lekin buning bir yaxshi jihati bor: hukmdorning noloyiq 

amaldorlari bilan munosabatlari («Chang g'arb tomondan bu

yergacha yetib kelolmaydi»).

“U yerlarda quloqni yuvishning keragi yo‘q.” Parchada 

tarkidunyo qilgan Syuy Yu haqidagi xitoy rivoyatiga ishora 

qilinmoqda. Bir kuni hukmdor Yao Syuy Yuning donishmandligi 

haqida eshitib, unga taxt taklif qilganida Syuy Yu buni quloqlariga 

nisbatan haqorat deb bilib, o‘zi yaqinida yashagan Inchuan daryosi 

suvida quloqlarini yuvadi.

Syan - Xitoyning Xuan viloyatidagi Duntin nomli katta ko‘lga 

quyiluvchi daryo. Bu haqda koreys she’riyatida ko‘p kuylangan. 

Rivoyatlarga ko‘ra, bu daryoda afsonaviy hukmdor Shunning

ikki xotini erlari vafot etgan joyga, janubga yo‘l olayotganlarida 

uning ikki xotini shu daryoda cho‘kib o‘lganlar. Shu bois bu ko‘l 

va daryo bir necha marotaba Uzoq Sharq she’riyatida tilga olingan.

Yarim tunda qayoqqadir qarg‘alar uchar? Dunyodan uyatni yuvib tashlaydi? - bu

parchada tarixiy voqeaga ishora qilinyapti.  817-yili Xitoyda qo‘zg‘olon

ko‘tariladi. Qo‘zg‘olonchilar berkingan  qal’a qattiq qor yog‘gan payti ayyorlik

bilan bosib olinadi. Zukko  qo‘mondon qal’a atrofidagi ko‘ldagi o‘rdak va

g‘ozlarini qo‘rqitishni  buyuradi. Qushlarning shovqini qamalga olingan askarlar

uchun qo‘shinlarning harakati sifatida qabul qilingan. Qal’a taslim bo‘ladi, 

isyonchilar boshlig‘i «aybini bo‘yniga oladi». Davlat ishlarida ahvol 

yaxshilanadi, ya’ni «uyat yuviladi». Endilikda shoirni surgun qilib 

yuborgan podshoh shoirning surgun qilinishiga sababchi bo‘lgan 

noloyiq amaldorlar qurshovida qoladi. Endi hech kim xatolarni 

tuzatishga harakat qilmaydi.

Veyshuy - Chjou imperatori U Van (12 -asr) davrida yashagan 

donishmand Szyan Taygun baliq tutgan daryo. Shoir aytadiki,  hech kim bunday

hayot tarzida yashamagan. Qadimgi donishmandlar ham xuddi shunday ish

tutganlar. Oxir-oqibatda o ‘z  hukmdorlarining maslahatchisiga aylangan ikki

donishmand bekorga aytib o‘tilmagan ko‘rinadi. Shoir surgunni vaqtinchalik 

quvg‘in deb biladi. vey in u

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz