Vey chjen




Vey chjen (580-643) - Xitoy tarixchisi. Xitoy imperatorlarining Suy sulolasi (581—618) tarixiga oid "Suy shu" ("Suy xonadonining tarixi") nomli asar (85 bobdan iborat) yozgan (Yan Shigu va Kxun Inda bilan birgalikda). Unda imperatorning iktisodiy siyosati, armiyaning tuzilishi, mamlakatning moddiy ahvoli, xalqning urf-odati haqida maʼlumotlar keltirilgan, shuningdek 83- bobida Markaziy Osiyo (hoz. Jan. Qirgʻiziston, Pomir, Toshkent va b.) hamda Sharqiy Turkiston (Harashar, Kucha, Qashqar, Xoʻtan) haqida ham muhim maʼlumotlar bor.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz