VETNAMLAR



VETNAMLAR (o’zlarini kin, vet deb ataydilar) — xalq, Vetnamning asosiy aholisi (61 million kishi). Shuningdek Kamboja, Tailand, Laos, AQSh va boshqa mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni — 62,15 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Vetnam tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan buddaviylar, Daochilar, konfutsiychilar; bir qismi Katoliklar va ajdodlar ruhiga hamda sinkretik (aralash) dinlarga e’tiqod qiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz