Vetnam ayollar milliy futbol terma jamoasi




Vyetnam ayollar milliy futbol terma jamoasi (vyetnamcha: Đội tuyển bóng đá nữ quốc gia Việt Nam) xalqaro maydonda Vyetnam sharafini himoya qiluvchi va Vyetnam Futbol Federatsiyasi (VFF) tomonidan boshqariladigan ayollar futbol jamoasi. Vyetnam ayollar milliy futbol terma jamoasi ayni damda FIFA reytingida 32-oʻrinni egallab turibdi.

Tarixi



Vyetnamda ayollar futboli ilk bor 1990-yilda shakllana boshlagan, ammo 1997-yilgacha ayollar jamoasi biron marta ham maydonga tushmagan. Vyetnam ayollar milliy futbol terma jamoasi Tailand ayollar tema jamoasi bilan 2001-yildan beri Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng kuchli ayollar futbol jamoasidan biriga hisoblanib keladi. Vyetnam ayollar milliy futbol terma jamoasi 2006, 2012 va 2019-yillarda AFF ayollar chempionatida oltin medallarni qoʻlga kiritib, mintaqadagi mavqeyini mustahkamladi.

Janubi-Sharqiy Osiyodagi asosiy futbol chempioanti Vyetnam AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi hisoblanadi. Vyetnam birinchi marta 1999-yilda Ayollar oʻrtasidagi Osiyo Kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan va ushbu musobaqada faqat ikki marta, birinchisi 2008-yilda va ikkinchisi 2014-yilda qatnashgan, biroq Vyetnam ayollar milliy futbol terma jamoasi har safar guruh bosqichidan chiqa olmagan.

Vyetnam birinchi boʻlib 1998-yilda Tailandda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. Lekin Vyetnam ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi gʻalabasi faqat 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida boʻlgan. Vyetnam ayollar milliy futbol terma jamoasi 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida birinchi marta toʻrtinchi oʻrinni egallagan holda katta muvaffaqiyatga erishdi. Vyetnam ayollar milliy futbol terma jamoasi 2018-yilgi Osiyo o‘yinlarida yana bir bor guruh bosqichidan chiqa oldi, biroq chorak finalda penaltilar seriyasida Xitoy Taypeyi terma jmoasiga magʻlub boʻldi

Jamoa tasviri



Taxalluslar



Vyetnam ayollar milliy futbol terma jamoasining rasmiy laqabi yoʻq. Lekin Những Nữ Chiến Binh Sao Vàng (Oltin Yulduzli ayol jangchilar), Những Chiến Binh Sao Vàng (Oltin Yulduzli jangchilar) laqablariga oʻxshash muxlislar va ommaviy axborot vositalari tomonidan berilgan nomlari mavjud.

Uy stadioni



Vyetnam oʻz uy uchrashuvlarini Mỹ Đình milliy stadionida, Thống Nhất stadionida yoki Cẩm Phả stadionida oʻtkazadi.

Sport jihozlari taʼminoti




Homiylik



Quyidagi kompaniyalar Vyetnam ayollar milliy futbol terma jamoasining sosiy homiylar hisoblanadi: Honda, Yanmar, Grand Sport, Sony, Bia Saigon, Acecook, Coca-Cola, Vinamilk, Kao Vyetnam, Herbalife Nutrition va TNI korporatsiyasi.

FIFA Jahon reytingida Vyetnam ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻrni




Murabbiylar shtabi



Hozirgi murabbiylar shtabi



2022-yil 6-iyul olati

Bosh murabbiylar roʻyxati




Oʻyinchilar



Hozirgi tarkib



2022-yil 4-17-iyul kunlari Filippinda boʻlib oʻtadigan AFF ayollar oʻrtasidagi 2022-yilgi chempionatiga quyidagi 25 nafar futbolchi chaqirildi. Oʻyinlar va gollar koʻrsatkichi 2022-yil 17 iyul holatiga koʻra oʻyindan keyin yangilanadi.

uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz