Veterinariya dorixonasi




Veterinariya dorixonasi -veterinariya doktori resepti bilan dori tayyorlaydigan, uni saqlaydigan va tarkatadigan muassasa. Veterinariya dorixonasi ikki xil boʻladi: 1) qishloq xoʻjaligi hayvonlari kasalliklariga qarshi kurashadigan st-yalar qoshidagi V.d. faqat shu muassasaga qarashli hayvonlarni davolash uchun dori tayyorlaydi, dorini hayvon egalariga uyda davolash uchun tarqatadi. Bu xildagi V.d.sida veterinariya doktori yoki feldsheri xizmat kiladi; 2) zoovettaʼminot tizimidagi V.d. jamoa, shirkat, aksionerlik, fermerlik xoʻjaliklarini, shuningdek veterinariya shifoxonalarini dori hamda kerakli asboblar bilan taʼminlaydi. Bu xil V.d. dorini faqat veterinariya doktori va tashkilotlarning talabnomasiga muvofiq tarqatadi, oʻzida resept bilan dori tayyorlamaydi. Shaharlarda ham dorini aholi va tashkilotlarga sotadigan veterinariya dorixonalari bor.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz