Vestfal florasi




Vestfal florasi - Angliya, Fransiya, Germaniya, Belgiya va Dones havzasi hududlarida karbon davrida tarqalgan flora. Karbon davrida bu hududlar Yer sharining issiq va nam tropik qismi boʻlgan. Dastavval V. f., asosan, qad. paleozoy qirqquloqlilari, ponabarglilari va pteridospermlari kabi oʻsimliklardan iborat boʻlgan. Keyinchalik V.f.ning tarkibi va joylashgan maydoni kengaya borgan. Oʻzbekistonda Boʻkantov, Oloy va Turkiston togʻlarining oʻrta karbon qatlamlaridan V.f.ning qoldiqlari topilgan. Oʻzbekistondagi V.f.ning tarkibi lepidodendron, stigmariyalarga oʻxshash oʻsimliklar bilan boyigan. Demak V. f.iing qoldiqlari topilgan Oʻzbekiston hududi karbon davrida Yer sharining issiq va nam qismi boʻlgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz