Vesna Vulovic
Vesna Vulović (talaffuzi: Vesna Vulovich; serb. kirillchasida Весна Вуловић; 1950-yil 3-yanvarida tugʻilgan) serbiyalik sobiq stuardessa, eng baland nuqtadan yerga yiqilgan va tirik qolganligi uchun Guinness Rekordlar Kitobiga kiritilgan rekordchidir. U 1972-yili 26-yanvarda hozirgi Chexiya (u paytda Chexoslovakiya) hududida roʻy bergan JAT 367 reysli tayyora halokati natijasida 10 160 metr balandlikdan qulab tushgan. Bosh chanogʻi, oyoqlari va umurtqasi singanligiga qaramay, Vesna tirik qoldi va bir necha oy kasalxonada davolanib chiqdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org