Vertikal (raketa)




"VERTIKAL" — yer atmosferasining yuqori qatlamlarini oʻrganish uchun moʻljallangan geofizik raketa. "V".ning asosiy qismi yerga qaytarib tushiriladigan boʻlma va asboblar boʻlmasidan iborat. Ikkala boʻlmaga ham apparatlar joylashtiriladi. Bu apparatlar yordamida quyosh atmosferasidagi hodisalar, Quyoshdan tarqaladigan ultrabinafsha va rentgen nurlarining yer atmosferasiga taʼsiri, mikrometeorit moddalarning yer atrofidagi boʻshliqqa tarqalishi, ionosfera va h.k. oʻrganiladi. "V." yordamida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalari "Interkosmos" dasturi boʻyicha oʻtkaziladigan tajribalar maʼlumotlarini toʻldiradi. 1970—78 yillar mobaynida 6 ta "V" uchirilgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz