Vertelo Pyer Ejen Marselen




Pierre Eugène Marcellin Berthelot (talaffuzi: Pyer Ejen Marselen Bertlo; 1827.25.10—Parij 1907.18.3)—fransuz kimyogari va jamoat arbobi. Termokimyo asoschilaridan biri. Glitserin bilan yogʻ kislotalaridan tabiiy yogʻlarga yaqin birikmalarni sintez qilgan. Glitserinning uch atomli spirt ekanligini, etilendan sulfat kislota ishtirokida etil spirt olish mumkinligini isbotlagan (1854), B. oddiy uglevodorodlardan metan, etilen, atsetilen, benzol va boshqalarni sintez qilgan. 1867-yilda vodorod yodid bilan organik moddalarni kaytarishning umumiy usulini ishlab chiqqan. B. yoqilgʻilarning issiqlik berish qobiliyatini oʻlchash uchun kalorimetrik bombani ixtiro qilgan. B. 1861—63 yillarda fransuz kimyogari L. Pean de SenJil bilan hamkorlikda spirt va kislotalardan murakkab efir hosil boʻlish tezligi ustida ishlar olib borib, kimyoviy kinetikata muhim hissa qoʻshgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz